info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

"Yoshlar tarbiyasida milliylik va bebaho qadriyatlarimizning o`rni"

Joriy yilning 29 noyabrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialining majlislar zalida 117-Urganch saylov okrugidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig`i Bekchanova Dilbar Zaripovnaning "Yoshlar tarbiyasida milliylik va bebaho qadriyatlarimizning o`rni" mavzusida 2-bosqich talabalar bilan saylovoldi uchrashuvi o`tkazildi.Unda mehnat faxriysi B.Babadjanov, O`zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tasarrufidagi Urganch shahar "Oxunbobo" jome masjidi imom noibi X.Otajonov, filial professor-o`qituvchi va talabalar hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.Yoshlar tarbiyasi hamma davrlar, har qanday jamiyat uchun ham eng ustuvor vazifalardan biri bo`lib kelgan.Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida o`ziga xos va mos milliy, diniy qadriyatlarga asoslangan xalqimizning tarbiya borasidagi azaliy an'analari "ommaviy madaniyat", mentalitetimizga yot g`oya va qarashlar ta'sirida asl mohiyatini yo`qotib borayotgani barchamizni tashvishga soladi. Ushbu jarayonga, ya'ni tarbiya masalasiga o`z vaqtida jiddiy e'tibor qaratmasak, ertaga kech bo`lishi, tuzatib bo`lmas darajadagi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zero, tarbiya borasida taniqli ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan so`zlarini aslo unutmasligimiz lozim.Tadbirda yosh avlod tarbiyasida milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizning o`rni, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, jamiyatimizda oila ma'naviyatini yuksaltirish, milliy o`zlik, ma'naviy kamolot, yurtga sadoqat va daxldorlik tuyg`ulari kabi tushunchalarning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati batafsil tushuntirib o`tildi.

admin | 29-11-2019 | 110