info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

"O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i to`g`risida"gi qonun 1991 yil 18-noyabrda qabul qilingan

15 noyabr sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida "O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i to`g`risida"gi qonunning 1991 yil 18-noyabrda qabul qilinganligi bilan hamda 15 noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bayram tadbirlari o`tkazildi.Tadbirda O`zbekiston bayrog`i talabalar tomonidan yuqoriga ko`tarilib davraga olib chiqildi va uning mazmun mohiyati qisqacha tushuntirib berildi. Davlat bayrogi va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an`analarini o`zida mujassamlashtiradi.Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi hayot ramzi. Timsollar tilida bu - yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi.Tadbir doirasida talabalar turli chiqishlar hamda sahna ko`rinishlari bilan ishtirok etdilar.

admin | 16-11-2019 | 313