info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan tadbir o’tkazildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan tadbir o’tkazildi.
Tadbirni filial direktori M.I.Baydjanov filial professor-o’qituvchilariga bayram qutlovi bilan ochib berdi.
Tadbirda filial talalbalari eng ulug’, sharafli kasb egasi bo’lgan muhtaram o’qituvchi va murabbiylarni
musiqiy chiqishlar hamda bayram she’rlari bilan muborakbod etdilar.
Mazkur tadbir tashrif buyurgan barcha professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlarga manzur bo’ldi.
Tadbir so’ngida filialda samarali faoliyat olib borayotgan barcha professor-o’qituvchilarga sovg’alar ulashildi va bayram dasturxoniga taklif etildi.

admin | 02-10-2019 | 753