info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur

Oila jamiyatimizning asosiy bo’g’ini, elimizning go’zal urf-odarlari va qadriyatlarini o’zida asrovchi muqaddas mo’jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko’chadi, jamiyatga kirib boradi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 15-may Xalqaro Oila Kuni munosabati bilan “Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur” nomli sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Tadbirni filial direktori M.I.Baydjanov ochib berdi va ishtirokchilarning barchasiga omad tiladi.Tadbirda filial professor-o’qituvchilari va ishchi-xodimlar oilalari bilan aktiv qatnashdilar. Tadbir quvnoq startlar estofetasi tarzida olib borildi. Sport musobaqalari ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilarga filial kasaba-uyushmasi boshlang’ich tashkiloti tomonidan qimmatbaho sovg’alar taqdim qilindi.

admin | 23-05-2019 | 2142