info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“ROBO CODERS 2019” respublika tanlovining g’oliblari

24 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “ROBO CODERS 2019” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari uchta yosh toifalari bo‘yicha taqsimlandi: 15-20 yoshgacha, 21-25 yoshgacha va 26-30 yoshgacha. Tanlovda ishtirok etish uchun yagona talab – avtomatlashtirilgan mashinalar uchun kodlarni yozish qobiliyati bo‘ldi. Har bir ishtirokchi berilgan topshirig‘iga muvofiq robototexnika (harakatlar, belgilangan funksiyalar va h.k.) prinsiplariga asoslangan o‘zining dasturiy kodini yaratdi. Tanlov dasturi 9 ta sovrinli o‘rin va bir nechta rag‘batlantiruvchi nominatsiyalarni o‘z ichiga oldi. To‘rt soatlik uzluksiz dasturlash bo‘yicha bellashuv natijasida tizim g‘oliblarni aniqladi. Uchinchi o‘rinlarni Sadullaev Nodir (26-30 yosh toifasida), ikkinchi o’rin Davranov Murodjon (21-25 yosh toifasida), birinchi o’rin Nazarbek Boltabayev (16-20 yosh toifasida) egalladi. Ko‘rsatilgan har bir yosh orasidagi birinchi o‘rin sohibiga HP 250 G6 i3-6006 4/500, ikkinchi o‘ringa Acer Extensa EX2519 N3160 4/500 rusumli noutbuklar topshirildi. Uchinchi o‘rin egalari esa so‘nggi rusumdagi smartfonga ega bo‘ldi. .

admin | 27-02-2019 | 3355