29 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri SH.Sadikov tashrif buyurdi. Tashrif doirasida filialning faol va iqtidorli talabalari bilan uchrashdi, o’quv jarayonlari bilan tanishdi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T. Teshaboev filial talabalarini fan olimpiadalarida, turli xil tanlovlarda faol ishtirok etayotganlarini e’tirof etib, Muhammad al-Xorazmiyning munosib izdoshlari bilim olib kelayotganidan, iqtidorli talabalarning erishayotgan yutuqlaridan mamnun bo’ldi.
admin | 30-11-2018 | 4123