Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining UrDU tarkibiga qo‘shilishi haqida rasmiy maʼlumot

✔ Rasmiy tasdiqlangan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-160-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-maydagi 178-son buyrug‘iga asosan, Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tarkibiga qo‘shib yuborildi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Asosiy o‘zgarishlar

Rasmiy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
PQ-160-son | 2025-yil 30-aprel

"Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"

Lex.uz saytida ko‘rish →
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug‘i
178-son | 2025-yil 14-may | Hujjat kodi: KX92726492

PQ-160-son qaror ijrosini taʼminlash haqida — vazir K. Sharipov tomonidan elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlangan.

⬇ PDF yuklab olish
Qaror ijrosini tasdiqlovchi hujjatni PDF formatida yuklab olish