info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

    Ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kasbiy faoliyat sohalari

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari tasdiqlangan. Malaka talablarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining sohalari belgilangan. Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida mavjud ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining sohalari quyidagilardan iborat:

    1. 5330600 – Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dasturiy injiniring bo‘yicha kompleks masalalarni echish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tatqiqot institutlari, ilmiy-tatqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tatqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
    2. 5330300 – Axborot xavfsizligi (axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va servis) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida axborot xavfsizligi bo‘yicha kompleks masalalarni echish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
    3. 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kompyuter injiniringi bo‘yicha kompleks masalalarni echish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tatqiqot institutlari, ilmiy-tatqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tatqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
    4. 5350400 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kasbiy faoliyatining sohalari bo‘yicha o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kompyuter va ta’lim bo‘yicha kompleks masalalarni echish,  ilmiy-tadqiqot va boshqa ta’limga oid markazlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
      1. 5350100 - Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunika-siyalar”) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida kompleks masalalarni echish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish, loyihalash usullarini tadqiq qilish; telekommunikatsiya sohasiga hamda mobil aloqaga oid korxonalar va ularning tuzilmaviy tizimlarining barcha shaklida xizmat ko‘rsatish; ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlashni o‘z ichiga oladi.
    • Siz kelgusida Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida mavjud ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaga qabul qilinsangiz va ushbu dargoxni muvaffaqiyatli tugatsangiz, yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining sohalaridan birida o‘z mehnat faoliyatingizni olib borishingiz mumkin.