info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

    Xush kelibsiz!

    FILIAL HAQIDA

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91-sonli “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori bilan tashkil qilingan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1942-sonli qaroriga asosan filialda “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi” va “AKT sohasida kasb ta’limi” kabi ta’lim yo’nalishlari hamda “Kompyuter injiniringi”, “Telekommunikatsiya injiniringi” kabi magistratura mutaxassisliklari doirasida magistrant kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Filialda 809 nafar talaba 5 nafar magistrant tahsil olmoqda. Shuningdek, filial tarkibida 6 ta kafedradan iborat 1 ta “Kompyuter injiniringi” fakulteti mavjud bo’lib, kafedralarda 56 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda.

    TATU Urganch filiali yangi binosi, 2011 yilda O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi tomonidan 17 mlrd 700 mln so’m ajratilib, pudratchi “MirMax” industrial MChJ tomonidan 2013 yil 7 noyabrda foydalanishga topshirilgan. O’quv auditoriyalari soni - 30 ta, 750 nafar talabaga mo’ljallangan (bu o’quv jarayonini 1 smenada olib borishga etarli), laboratoriya xonalari - 5 ta, lingofon sinflari -1 ta, (laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik 100 %), kompyuter sinflari soni -7 ta va umumiy kitoblar fondi 16020 ta bo’lgan 1 ta axborot-rusurs markaziga ega.
    O’quv-laboratoriya xonalarining umumiy maydoni 209,5 kv.m., bitta talabaga to’g’ri keladigan foydali maydon 2,6 kv.m. filial binosida “Elektron hukumat” o’quv markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Filialda jami 274 ta kompyuter mavjud bo’lib, shulardan 108 tasi so’ngi rusumdagi kompyuterlar. Mavjud kompyuterlarning barchasi internet tarmog’iga ulangan xamda barchasi o’kuv jarayonida va ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy laboratoriyalarda foydalanilmoqda. O’quv binosi jaxon andozalariga mos keladigan zamanoviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jixozlangan, jumladan o’quv jarayoniga 26 ta proektor, 24 ta planshet, 4 ta ekranli interaktiv doska, 9 ta interaktiv doska, 15 ta motorli ekran ajratilgan bo’lib, barcha auditoriyalarda multimediya tizimlari mavjud.
    TATU Urganch filialiini yangi binosida quyidagi laborotoriya xonalari tashkil etildi:
    “Teleuzatish” laboratoriya xonasi (Radio va televidenie uzatish markazi).Ushbu xona 12 kanalli raqamli televidenie signallarni uzatish, qabul qilish va ularni taxrir qilish uchun mo’ljallangan qurilmalar mavjud. Ular yordamida “Raqamli televidenie” fanidan
    1. Raqamli tasvir signallariga ishlov berish va o’zgartirish.
    2. Davriy ishlovchi koder va dekoderning ishlash tamoyilini tadqiq qilish.
    3. DVB tyunerining ichki tuzilishi va tarkibini o’rganish.
    4. DVB tyunerining MPEG-4 raqamli paketlarni dekodlash jarayonini o’rganish.
    5. DVB tizimida shartli foydalanish tizimlarining ishlash tamoyillarini o’rganish laboratoriya ishlarini bajarish imkonini beradi.
    “Telekommunikatsiya uzatish tizimlari” laboratoriya xonasi. Ushbu xonada STM1 ma’lumotlarni uzatish tizimi (Telekommunikatsiya transport tarmog’i 9-bog’lamasi tomonidan tashkil etilgan), raqamli ATS(“O’zbektelekom” Xorazm filiali tomonidan tashkil qilingan), mobil aloqa tizimining tayanch stantsiyasi (Uzmobile Xorazm filiali tomonidan tashkil qilingan) qurilmalari mavjud. Mazkur laboratoriya qurilmalari orqali
    1) Raqamli kommutatsiya tizimida sinxronlash,
    2) Liniyaviy kodlar. NDV - 3 kodi,
    3) Xotirlash qurilmalari negizida fazo-vakt kommutatori,
    4) Raqamli kommutatsiya tizimi tarkibi va komplektatsiyasi stantsiyasini ishga tushirish,
    5) Kommutatsiya tizimlarining element bazalari,
    6) Trank terminali tuzilish sxemasini o’rganish,
    7) GSM, CDMA standartlaridagi mobil terminallarining tuzilish sxemasini o’rganish laboratoriya ishlari bajarish imkoniyati mavjud.
    Ma’lumotlarni uzatish tizimlari laboratoriya xonasi (UzOnline, Biznesni rivojlantirish markazi tomonidan tashkil qilingan). Laboratoriya xonasi IP-telefoniya qurilmalari, mashrutizator, ADSL modemlar bilan jihozlangan. Ushbu laboratoriya xonasida
    1) Zamonaviy modemlarning kursatkichlarini xisoblash,
    2) Xatoliklarni aniqlash va to’g’rilash usullari o’rganish,
    3) Paketli kommutatsiya usullarini qiyosiy taqqoslash,
    4) IR-manzillarni MAS-manzillarda aks ettirish mexanizmlarini
    o’rganish,
    5) Ma’lumotlar uzatish qurilmalarini boshqarish interfeyslarini
    o’rganish,
    6) Ethernet - kommutatorlarni sozlash tamoyillarini o’rganish laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish imkoniyati mavjud.
    Shu bilan birga “Elektronika” laboratoriya xonasi National Instruments firmasining 5 ta LabViev virtual laboratoriya qurilmalari, “O’lchash va standartlashtirish” laboratoriya xonasi zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va qurilmalari bilan, Virtual ta’lim laboratoriya xonasi Huawei kompaniyasining multimediya o’quv jixozlari bilan jixozlangan.
    Filial professor-o’qituvchilari va talabalari bevosita dars jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali dars samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega. Yangi binoning har bir o’quv xonasi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan, Jumladan kompyuter, motorli ekran, proektor bilan jihozlangan bo’lib, bu talabalarning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlardir.
    Shuningdek, filialda talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil qilish maqsadida Virtual ta’lim tizimi to’liq joriy kilindi. Unda har bir professor-o’qituvchining fanlariga tegishli ma’lumotlar joylashtirlgan va undan talabalar masofadan internet orqali fodalanish imkoniyatiga ega bo’ldi. Jumladan, talabalar virtual ta’lim tizimiga ulanib, tegishli fan bo’yicha ma’ruza matnidan, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlar uchun materiallardan foydalanishi, fanlar bo’yicha savollar va testlar orqali o’zining bilimini baxolash imkoniyatiga ega. Virtual ta’lim tizimining afzal tomoni shundaki, o’qituvchilar talabalar bilan onlayn tarzda doimiy muloqot qilish imkoniyatiga ega. Bu talabalarga ta’lim olish bilan birga internetdan to’g’ri foydalanishni o’rgatadi .Yangidan tashkil etilgan laborotoriya xonalarini eski binoda tashkil etish uchun shart-sharoitlar mavjud emas edi. Yangi binoda esa keng va shinam xonalar mavjud bo’lib bu erda tajribalar o’tkazish uchun professor – o’qituvchilarga va talabalarga barcha sharoitlar yaratilgan.