• Sog`lom ona va bola yili

    2016-01-29 | admin | 1021

    «Sog`lom ona va bola yili» Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora tadbirlari tug`risida

    Xalkimizning asriy an’analarini hisobga olib, «Ona va bola sog’lom bo’lsa, oila baxtli, oila baxtli bo’lsa, jamiyat mustaxkam bo’ladi» degan hayotbaxsh kadriyat va olijanob g’oya jamiyatda chukurrok anglab etilishiga va karor topishiga yunaltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarning darajasini yanada yuksaltirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini shakllantirish, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilaning mustahkam, sog’lom va ahil bo’lishida mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish maqsadida, shuningdek 2016 yil O’zbekiston Respublikasida «Sog’lom ona va bola yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan: 

    Batafsil

  • DAVLAT BAYROG'I

    2016-02-03 | admin | 1008

    DAVLAT BAYROG'I

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

    Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

    1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.


    Batafsil

  • DAVLAT GERBI

    2016-02-03 | admin | 1025

    DAVLAT GERBI

    "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

    O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

    Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.

    Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

    Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

    Batafsil

  • DAVLAT MADHIYASI

    2016-02-03 | admin | 1008

    "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

    Davlat madhiyasining so‘zi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.

    Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi


    Batafsil