Ma’naviyat targ’ibotchilari Tashakkurnomlar muborak bo’lsin

23-05-2017 | admin | 24

Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, Xorazm viloyatida o’tkazilayotgan targ’ibot – tashfiqot ishlaridagi faolligi uchun filial o'qituvchilari tashakkurnomlar bilan taqtirlandilar


TATU Urganch filialidagi Al-Xorazmiy izdoshlari

2017-01-09 | admin | 187

TATU Urganch filiali Kompyuter injiniringi fakulteti Telekommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishi 932-13 guruhi talabalari Boltaboyev Behruz Ravshanbekovich va Nasrullaev Ildar Renatovichlar O'zbekiston Respublikasi radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati stipendiyasiga sazovor bo'lishdi. Mazkur stipendiya axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yo'nalishi bo'yicha taxsil oluvchi talabalar uchun ta'sis etilgan. 


Stipendiatlar soni yana bittaga ko'paydi

02-05-2017 | admin | 237

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2016 yil 27 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil 20 dekabrdagi 368-son buyrug'i bilan fanlarni o'zlashtirishdagi yuqori ko'rsatkichlari, olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tanlovlarda tashabbus ko'rsatganliklari hamda namunali xulqi va intizomi uchun 2016-2017 o'quv yilida TATU Urganch filiali 914-13 guruh talabasi Sultonov Yo'ldoshboy O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasiga sazovor bo'lganligi bilan tabriklaymiz.


“Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi”

2016-12-07 | admin | 1108

30 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik –tanlovida filialning Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Abdullayeva respublika bosqichida ishtirok etib “O‘lkashunoslik” nominatsiyasi bo‘yicha faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


Stipendiatlar soni yana bittaga ko'paydi

01-05-2017 | admin | 1014

TATU Urganch filiali Kompyuter Injiniring yo'nalishi 914-13 guruhi talabasi Sultonov Yo'ldoshboy O'razmetboyevich Dasturiy injiniringi kafedrasi katta o'qituvchisi Xo'jayev Otabek rahbarligida 2016-2017-o'quv yilida "Beruniy" nomidagi O'zbekiston Respublikasining davlat stipendiyasiga sazovor bo'ldi.


«Kompyuter grafikasi» fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o`tkazildi

2016-05-14 | admin | 1039


11-12 may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Kompyuter grafikasi» fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o`tkazildi. Unda Respublikamizdagi 25 ta OTMdan mazkur fan bo`yicha I-bosqichda g`olib bo`lgan 25 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Musobaqada talabalar kompyuter grafikasining nazariy tushunchalari va matematik apparatiga, kompyuter grafikasining amaliy dasturiy paketlari bilan bevosita bog`liq bo`lgan test savollari hamda C++ dasturlash tili muhitida grafik imkoniyatlardan foydalangan holda berilgan multfilm qahramonini chizish va berilgan zamonaviy inshoot modelini uch o`lchovli muayyan 3D dasturda yaratish topshiriqlarini bajardilar.


Intellect2all tanlovi to`g`risida

2016-05-04 | admin | 1000

Intellect2all tanlovi to`g`risida

O`zbekistonda birinchi marotaba axborot texnologiyalarining rivojlanishining eng dolzarb yo`nalishlarini qamrab oluvchi web-ishlanmalar, mobil-ilovalar va virtual reallikni aks ettiruvchi ishlanmalar tanlovi bo`lishi e`lon qilinadi. Tanlovning asosiy maqsadi axborot texnologiyalari sohasidagi intelektual potensialni aniqlash va rag`batlantirish hisoblanadi. Tanlovda o`zining ilg`or g`oyalarini hayotga tadbiq qilishni istovchi 15 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan barcha mutaxassis va talabalar qatnashishi mumkin. Tanlov to`g`risida to`liq ma`lumot intellect2all.uz web-sahifasidan olishingiz mumkin.


Cyber Security Challenge Uzbekistan

2016-05-04 | admin | 999

Cyber Security Challenge Uzbekistan

O`zbekistonda birinchi marotaba axborot xavfsizligi bo`yicha – Cyber Security Challenge Uzbekistan tanlovi bo`lib o`tishi ma`lum qilinadi. Tanlovda virtual infrastrukturada faoliyat yuritayotgan 15 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan barcha mutaxassislar qatnashishi mumkin. Tanlov to`g`risida to`liq ma`lumot cyber.uz web-sahifasidan olishingiz mumkin.


Insholar tanlovi

2016-05-04 | admin | 1050

Insholar tanlovi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 28 apreldagi “O’zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil 10 dekabrdagi 65-sonli majlisi bayoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 91-bandi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim va madaniyat va sport masalalari axborot –tahlil departamentining 2016 yil 14 yanvardagi 9-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan 


TATU va uning hududiy filiallari talabalari o`rtasida “Intellectual Generation of Uzbekistan”

2016-04-18 | admin | 1035

2016 yil 14-15 aprel kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TATU va uning hududiy filiallari talabalari o`rtasida “Intellectual Generation of Uzbekistan” (O`zbekistonning intellektual avlodi) mavzusidagi Ikkinchi an’anaviy ingliz tilidagi konferensiya bo`lib o`tdi. Konferensiyaning birinchi bosqichi uch yo`nalishda olib borilib filialimiz barcha talabalari ushbu bosqichda muvaffaqiyatli qatnashishdi. Jumladan:
931-12 guruh talabasi Ro`zmatov Muhtor va 912-14 guruh talabasi Kurambayeva Dilfuza tanlovning eng faol qatnashchilari nominatsiyasi bilan taqdirlanishdi;


“Yosh siyosatchi” ko’rik tanlovi

2016-04-14 | admin | 1019

2016 yil 14 aprel kuni Urganch shahrida Xalq Demokratik Partiyasining Xorazm viloyat kengashi tomonidan “Yosh siyosatchi” ko’rik tanloving shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Mazkur tanlovda TATU Urganch filiali Komyuter injiniringi fakulteti 3-bosqich talabasi Nurullayev Shohrux munosib ishtirok etib faxrli 2-o’rinni egalladi va ko’rik tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritdi.


Odilov Azimboy Vazirlikning stipendiyasiga sazovor bo'ldi

02-05-2017 | admin | 984

Odilov Azimboy Vazirlikning stipendiyasiga sazovor bo'ldi

 O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish  vazirligining 2015 yil 22 dekabrdagi 352-sonli buyrug’iga asosan fanlarni o’zlashtirishdagi yuqori  ko’rsatkichlari, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tanlovda tashabbus ko’rsatganliklari  hamda namunali xulqi va intizomi uchun 2015-2016 o’quv yilida TATU va uning xududiy filiallari  talabalaridan 7 nafar talabaga Vazirlikning stipendiyasi berildi. Ushbu talabalar orasida TATU  Urganch filialining 913-12 guruh talabasi Odilov Azimboyning borligi Filial professor-o’qituvchilari  va talabalariga eng yaxshi yangi yil tuhfasi bo’ldi.
 TATU Urganch filialining 2015 yil 30 dekabrdagi Ilmiy kengashida talaba Odilov Azimboyning  Vazirlikning stipendiyasiga sazavor bo’lganligi tantanali ravishda e’lon qilindi.


«Al-Xorazmiy-2015» bilimlar tanlovi bo'lib o'tdi

2015-12-19 | admin | 967

Xorazm viloyatida o’rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida tahsil olayotgan o’quvchilar orasidan bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlarining noyob iste’dodlarini ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali tomonidan har yili ananaviy «Al-Xorazmiy» bilimlar tanlovi tashkil etilib kelinmoqda.


Eng yaxshi pedagoglar aniqlandi

2015-12-16 | admin | 985

Eng yaxshi pedagoglar aniqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24-fevraldagi 32-sonli qaroriga asosan 2015-yildan boshlab O‘zbekistonda har yili “Oliy o‘quv yurtining eng yaxshi o‘qituvchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Bu yilgi tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi. 1-apreldan 31-maygacha oliy o‘quv yurtlarining o‘tkazilgan ichki bosqichda ishtirokchilar tomonidan taqdim qilingan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-marifiy materiallar tahlil qilindi, shuningdek ochiq darslar o‘tkazildi va baholandi. 2−20-sentabr kunlari o‘tkazilgan Respublika bosqichida esa ishtirokchilarning taqdimotlari va oliy o‘quv yurtlarining tavsiyanomalari ko‘rib chiqildi, keyin qatnashchilar o‘z taqdimotlarini namoyish etdi.


Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari Kengashining stipendiati

2015-11-03 | admin | 956

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari Kengashining stipendiati


TATU Urganch filialining 3-kurs talabasi Quryazov Mansur O’qishda yuqori natijalari erishganligi, namunali xulqi, jamoat ishlaridagi faolligi uchun Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari Kengashi tomonidan ta’sis etilgan stipendiyaga sazovor bo’ldi.


Yosh–tadbirkor yurtga madadkor

2015-11-03 | admin | 998

Toshkent viloyati Bostonliq tumanida Kamolat yoshlar oromgohida 23-28 oktyabr kunlari “Yosh–tadbirkor yurtga madadkor ” loyihasining Respublika bosqichida faol ishtirok etganligi uchun filialning 911-13 guruh talabasi Rajapov Arslon “Sertifikat” bilan taqdirladi.


“Yurt kelajagi-2015” iqtidorli yoshlar Respublika tanlovi

2015-08-15 | admin | 948

4-15-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani Merokiy qishlog’idagi “Lochin” oromgohida “Yurt kelajagi-2015” iqtidorli yoshlar Respublika tanlovi bo’lib o’tdi. Bunda filialimizdan 2-nafar talabalar o’z g’oyalari bilan qatnashib, 913-12 guruhi talabasi Odilov Azimboy “Dasturiy ta’minot” nominatsiyasida g’olib bo’lib, maxsus diplom va sovg’a tariqasida Notebook bilan taqdirlandi.


“Yuksak ma’naviyatli avlod” festivali

2015-06-30 | admin | 1050

2015-yil 29-30 iyun kunlari Toshkent shahrida “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi.Bu festivalda TATU Urganch filiali Kompyuter injinering yo’nalishi 2-bosqich talabasi Saurova Kamola “O’z asarida milliylikni aks ettirgan dizayner” nominatsiyasi bo’yicha qatnashdi va Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi tomonidan Sertifikatga sazavor bo’ldi.


Yosh tadbirkor-yurtga madadkor

2015-07-16 | admin | 986

Yosh tadbirkor-yurtga madadkor

TATU Urganch filialida 2015 yil 15 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 40-bayoniga asosan tasdiqlangan dasturning 30-bandida yoshlarni tadbirkorlik malakalarini, bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar uchun yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, ular orasida bandlikni ta’minlash, yosh oilalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga ko’maklashish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, imtiyozli mikrokreditlar olishda ko’maklashish, davlatimiz tomonidan yoshlarga ushbu maqsadlarda yaratilayotgan keng imkoniyatlarni tushuntirishga yo’naltirilgan “Yosh tadbirkor-yurtga madadkor” loyixasi amalga oshirildi.


Respublika fan olimpiadasida g'olib bo'ldi

02-05-2017 | admin | 980

Respublika fan olimpiadasida g'olib bo'ldi


 2015 yil 14-15 may kunlari Toshkent shahrida “Infarmatika va axborot texnologiyalari” fani bo’yicha talabalar respublika fan  olimpiadasining 2-bosqichi bo’lib o’tdi. Unda TATU Urganch filiali talabasi Sultonov Yo’ldashboy Urazmatbaevich fahrli 3-o’rinni qo’lga  qiritdi va sertifikat bilan taqdirlandi.


"Yurt kelajagi” respublika iqtidorli yoshlar tanlovi

02-05-2017 | admin | 1038

"Yurt kelajagi” respublika iqtidorli yoshlar tanlovi

"Yurt kelajagi” respublika iqtidorli yoshlar tanlovi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etib kelinmoqda. Tanlov yurtimizdagi minglab iqtidorli yigit-qizlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, chekka-chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlarning ilm-fan, san’at va zamonaviy texnologiyalar borasidagi izlanishlarini munosib baholash, rag’batlantirish hamda kelgusidagi faoliyatlarida ko’mak ko’rsatish maqsadini ko’zlaydi.


Dasturlash bo’yicha olimpiadaning yakuniy bosqichi

2015-04-27 18:55:11 | admin | 962


Olimpiada go'liblari aniqlandi

02-05-2017 | admin | 1003

Olimpiada go'liblari aniqlandi

   Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida dasturlash bo’yicha olimpiadaning rasmiy ochilish        marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimini Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar bo’yicha prorektori  Z.T.Xakimov kirish so’zi bilan ochdi.
 Shuningdek, tadbirda TATU professori A.X.Nishanov ham so’zga chiqib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va      uning xududiy filiallarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot  ishlarini va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida gapirdi. Bugungi TATU Urganch  filialida tashkil qilinayotgan dasturlash bo’yicha intellektual olimpiada xukumatimiz tomonidan sohada olib borilayotgan  islohatlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlardan biridir.


Dasturlash bo’yicha olimpiadaning yakuniy bosqichi

2015-04-20 | admin | 998

Dasturlash bo’yicha olimpiadaning yakuniy bosqichi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari talabalari o’rtasida dasturlash bo’yicha olimpiadaning yakuniy bosqichi TATU Urganch filialida 22-23 aprel kunlari bo’lib o’tadi. Joriy yilning 1-3 aprel kunlari o’tkazilgan Olimpiadaning birinchi bosqichida 10 ta komanda yakuniy bosqichda ishtirok qilish huquqini qo’lga kiritdi.


Stipediatlar soni yana bittaga ortdi

2015-03-06 | admin | 971

Stipediatlar soni yana bittaga ortdi

Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasini mamlakat taqdiriga daxldor, eng ustuvor vazifa sifatida belgilab, ularni har tomonlama qo’llab- quvvatlash, barkamol insonlar bo’lib voyaga yetishlari uchun sharoitlar yaratish, kuchli va bilimli bo’lib voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.


Urganch shahar Hokimi stipendiyasi bilan taqdirlandi

2015-02-21 | admin | 1007

Urganch shahar Hokimi stipendiyasi bilan taqdirlandi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini samarali tashkil etishda faol qatnashadigan, tashabbuskor, harakat tomonidan amalga oshirilgan loyihalarda faol ishtirok etib, faxrli natijalarga erishib kelayotgan TATU Urganch filiali 4-bosqich talabasi Erjanov Beymamat yoshlar o’rtasida o’tkazilgan “Hokim stipendiyasi” tanlovida g’olib chiqdi va Urganch shahar Hokimi stipendiyasi bilan taqdirlandi.


Gulchexra Abdullaeva tanlovda g'olib bo'ldi

2014-12-08 | admin | 950

Gulchexra Abdullaeva  tanlovda g'olib bo'ldi

2014 yil 2- 3 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Xotin-qizlar qo’mitasining eng namunali boshlang’ich tashkiloti” ko’rik tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Bu tanlovda TATU Urganch filiali “Xotin – qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti” raisi Abdullaeva Gulchexra ham ishtirok qilib, faxrli 1 – o’rinni egalldi.