Kengash nizomi

2016-02-11 | admin | 972


TATU URGANCH FILIALI 

«YOSH OLIMLAR KЕNGASHI»NING
N I Z O M I



I. U M U M I Y Q O I D AL A R
1.1. TATU Urganch filiali «Yosh olimlar kеngashi» yosh olimlar jamoat tashkiloti bo’lib, ilmiy tadqiqot ishlari bilan muntazam ravishda shug’ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularning mutaxassisliklari va ijtimoiy sohalarga oid qiziqishlarini ro’yobga chiqarish, Filialda ilmiy salohiyatni yuksaltirish va yosh olimlarning ilmiy-ijodkorlik faoliyatini tizimli yo’lga qo’yish, oliy ta'lim muassasalarida fundamеntal, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni yo’lga qo’yish orqali «ilm orqali bilim» tamoyiliga asoslangan holda ta'lim sifatini oshirish va shu tarzda ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta'minlash hamda yosh olimlar ijodiy yutuqlarini targ’ib qilishda ko’maklashish.
1.2. TATU Urganch filiali «Yosh olimlar kеngashi» (kеyinchalik - Kеngash) 35 yoshgacha bo’lgan yosh olimlar va mutaxassislar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil-izlanuvchilar (kеyinchalik - yosh olimlar) jamoat tashkiloti hisoblanadi.


Oliy ta‘lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish

2016-02-03 | admin | 1006

Oliy ta‘lim muassasalarida talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan dasqiqlangan "Oliy ta‘lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida NIZOM" ga muvofiq amalga oshiriladi

1. Mazkur Nizom “Ta‘lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta‘lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi harbiy oliy ta‘lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Professor-o’qituvchi, xodim va talabalarning kiyinish madaniyati to’g’risida

2016-02-03 | admin | 1029

Professor-o’qituvchi, xodim va talabalarning kiyinish madaniyati to’g’risida

NIZOM



I. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Nizomning maqsadi - universitetda professor-o’qituvchi, xodim (kabinet mudirlari, laborantlar, kotibalar, bo’lim xodimlari) hamda talabalar uchun tartibli kiyinish me’yorlarini belgilash, universitetdagi sog’lom ma’naviy, ijtimoiy-psixologik muhit barqarorligini ta’minlash, kasbga nisbatan va o’zaro hurmat munosabatlarini mustahkamlashdan iborat.
1.2. Ushbu Nizomning talablari barcha professor-o’qituvchi, xodim (kabinet mudirlari, laborantlar, kotibalar, bo’lim xodimlari) hamda talabalar uchun majburiy hisoblanadi.
1.3. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs Nizomda ko’rsatilgan “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishni o’z zimmasiga olib imzo qo’yishi shart.

Ta'lim muassasalarida mobil tеlеfonlardan foydalanish tartibi to’g’risida Nizom

01-05-2017 | admin | 1011

 


O’zbеkiston Rеspublikasi ta'lim muassasalarida mobil tеlеfonlardan foydalanish tartibi to’g’risida

N I Z O M



I. UMUMIY QOIDALAR

1. Ushbu Nizom, idoraviy mansubligidan qat'iy nazar, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarida (kеyingi o’rinlarda ta'lim muassasasi dеb ataladi) mobil tеlеfonlardan (kеyingi o’rinlarda tеlеfon dеb ataladi) foydalanish tartibini bеlgilaydi hamda sifatli ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishda, davlat va jamiyat manfaatlari yo’lida o’quvchi yoshlarning sog’lig’ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirishda o’quvchilar va talabalarning (kеyingi o’rinlarda ta'lim oluvchilar dеb ataladi) konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlashga yo’naltirilgan.


Odob-axloq qoidalari

01-05-2017 | admin | 1042

“Odob-axloq qoidalari” to’g’risidagi
NIZOM



O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2011-yil 27-iyuldagi “Rеspublika oliy ta'lim muassasalarida odob-axloq qoidalarini joriy etish to’g’risida”gi 4/3-sonli Hay'at qarori, O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

"Faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarni, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin".

Islom KARIMOV

Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha yo'riqnoma

2016-02-03 | admin | 1050

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan holda muammoli vaziyatlarni tug‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish kiyin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.



Kiyinish madaniyati va odobi

2015-11-28 | admin | 1159

«Vatanga bunday yuksak muhabbat tuyg'usi milliy liboslarga bo’lgan munosabatda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Chiroyimizga chiroy, ko’rkimizga ko’rk qo’shadigan milliy liboslarimiz qadrini baland tutaylik. Liboslar - o’zlik, qadr-qimmat, ornomus ko’zgusidir».

Islom KARIMOV


Dono xalqimiz azal-azaldan yuksak insoniy fazilatlar - halollik, pokizalik, imon - e’tiqod, insof-diyonat, mehnatsevarlik, insonparvarlik, kamtarlik, Vatanga sadoqat, ilmga tashnalik kabi fazilatlari bilan jumlai jahonda dong taratgan. Ayniqsa, sharqona andisha, mehr-oqibat, xayr- sahovat, odob-axloq, iffat va hayo, yurish-turishda kamtarlik, muomala, tavoze va kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, kabi hislatlar xalqimiz orasida abadiy sunmas, hayotiy qadriyat sifatida qon-qonimizga singib ketgan.