Abiturient eslatmasi

2016-02-06 | admin | 1010

Abiturient eslatmasi

Abiturientlar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, 14-modda).
Abiturient 26 iyuldan qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o‘rganib, test topshiradigan binoning qaerda joylashganligi, auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.
Abiturientlar guruh tartib raqami (auditoriya tartib raqami bilan mos) ko‘rsatilgan ruxsatnomani 27 iyuldan boshlab ta’lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.
Kunduzgi, maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari, Qabul to‘g‘risidagi nizomga asosan 3 tilda, o‘zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston respublikasida) va rus tillarida, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 10* iyul va 1 avgust kuni bir vaqtda o‘tkaziladi (*-bilan ko‘rsatilgan sana harbiy oliy ta’lim muassasalariga tegishli).


Hujjatlar to'plami

2015-06-27 | admin | 1089

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

1) ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
2) o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
3) 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
4) fuqarolik pasporti nusxasi;
5) 3,5x4,5 sm o\'lchamdagi 6 dona fotosurat;
6) papka (скоросшиватель) 1 dona, konvert 1 dona
Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.