Universitet haqida

Xush kelibsiz! Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali O’zbekiston Republikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91-sonli “Axborot texnologiyadari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori bilan tashkil qilingan. O’zbekiston Republikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1942-son qaroriga asosan “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” va “AKT sohasida kasb ta’limi” kabi 4 ta ta’lim yo’nalishlari hamda “Kompyuter injiniringi” kabi magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari soni 8 ta bo’lib, ularda 630 nafar talabalar, 1 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 12 nafar magistrant taxsil olmoqda. Filial tarkibida 1 ta “Kompyuter injiniring” fakulteti mavjud bo’lib, undagi 5 ta kafedrada 48 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda.
Bugungi kunda filialda jami 48 nafar professor o’qituvchilar: shulardan 2 nafar fan doktori, professor va 11 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 7 nafari katta o’qituvchilar, 28 nafari assistentlar, o’qituvchilar talabalarga ta’lim berib kelmoqdalar.
Filial professor-o’qituvchilari tomonidan 2010-2014 yillar davomida Davlat ilmiy texnik dasturlar doirasida xamda xo’jalik shartnomalari bo’yicha jami 8 ta loyixa ishlari va 18 ta xo’jalik shartnomalari bajarildi. Bularning jami xajmi 462 mln 217 ming so’mni tashkil kiladi. Bular asosan axborot texnologiyalari va fizikaning fundamental soxalariga tegishlidir. 2010-2014 yillarda jami 2 ta monografiya, xalkaro mikyosidagi jurnallarda 26 ta ilmiy makola, respublika mikyosidagi jurnallarda 94 ta ilmiy maqola va 185 ta imliy anjumanlardagi tezislar chop kilingan. Filialda innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyixalar Respublika yarmarkalari doirasida qatnashilgan.
Filialning 4 nafar o’qituvchilari fan doktori ilmiy darajasini olish uchun talabgor sifatida attestatsiyadan o’tib, bugungi kunda 3 nafari TATUda, 1 nafari Toshkent davlat texnika universitetida, shuningdek 2 nafar yosh professor-o’qituvchilar ERASMUS MUNDUS dasturi asosida evropa ta’lim muassasalarida PhD ilmiy darajasini olish bo’yicha ta’lim olib borishmoqda. Shuningdek, filialning ilmiy salohiyatini oshirib borish maqsadida 7 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilar ilmiy rahbarlari bilan birgalikda fan doktori darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan bo’lib, 1 nafari 2015 yil fan doktori ilmiy darajasini olishi rejalashtirilgan.
Filialda kuyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda:
“Axborot texnologiyalari” kafedrasida:
1.Korxonaning tashkiliy va texnologik jarayonlarini boshqarishning intellektli integrallashgan ierarxik sistemaning texnikaviy, axborot algoritmik va dasturiy mahsulotlarini yaratish.
2. Un sanoati korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va tezkor dispetcher boshqarishning uslub va algoritmlari.
“Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi bo’yicha:
«Ta’limda axborot texnologiyalari. Integrallashgan o’qitish tizimini o’quv-uslubiy ta’minotini shakllantirish” yo’nalishi bo’yicha ilmiy ish olib borilmoqda.
“Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasida:
1. Tabiiy jarayonlarini madellashtirish.
2. Oliy matematika fanining dolzarb masalalari.
“Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasida:
1 Barkomol avloni tarbiyalashda gumanitar fanlarning o’rni.
2. Chet tili o’rganishning yangi metodlarini tashkil qilish.
“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasida:
1. Jarayonlarini boshqarish va modellashtirish.
2. Telekommunikatsiya transport tarmoqlari taxlili.
Davlat ilmiy – texnika dasturlari doirasida kafedrada 2 ta amaliy tadqiqotlar granti va 1 ta fundamental tadqiqotlar grantlari bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Filial tamonidan 2015-2017 yillarga mo’ljallangan amaliy tadkikotlar dasturlari doirasidagi tanlovga 5 ta loyiha taqdim qilindi.
O’zR Aloka, Axborotlashtirish va Telekommunikatsion Texnologiyalar Davlat Ko’mitasining (AATTDK) Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga qarashli bir nechta korxonalari jumladan:
1. “O’zbekiston pochtasi” OAJ Xorazm filiali “O’zbekiston pochtasi” OAJ Xorazm filiali;
2.“Matbuot tarqatuvchi” AK Xorazm sho’’ba korxonasi “;
3.K.Ismailov nomli Axborot kutubxona markazi;
4.Xorazm teleradiouzatish markazi;
5.“O’zbektelekom” AK “Xorazm telekom” filiali;
6.Shaxarlararo magistral aloqa texnik bog’lamasi №9
7.Elektromagnit moslashuv xizmati, Xorazm bo’limi bilan TATU Urganch filiali “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi o’rtasida bir nechta “Korporativ xamkorlik to’g’risida” shartnomalar tuzilgan
Shu “Korporativ xamkorlik to’g’risida” shartnomalar asosida, O’zR AATTDQning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga qarashli korxonalarida 2 ta o’quv-laboratoriya xonalari va 1 ta kafedra filiali tashkil qilingan.
Chet el universitet va ilmiy markazlari bilan xamkorlik yo’nalishida filialda bir qancha ishlar olib borilmoqda. Jumladan Axborot texnologiyalari kafedrasida 2014 o’quv yilida kafedraning ikkita a’zosi (Jumanazarov O., Raxmanova M.) Koreyaning Inxa universitetida malaka oshirishda bo’ldi. Kafedra assistenti Xudayberganov Timur 2014 yil sentyabr-dekabr oylarida Koreyaning Kyung Xi universitetida malakasini oshirda. Kafedra assistenti Kuryazov Dilshodbek Erasmus Mundus for Central Asia Full paid scholarship by the EU granti sovrindori bo’lib Germaniya davlatida aspiranturada 3 yil o’qish grantini qo’lga kiritgan. “Axborot ta’lim texnologiyalari”kafedrasida assistenti A.Xujaev 4 oy mobaynida Koreyaning Kyung Hee universitetida malaka oshirdi. O.Allamov Germaniyaning Oldenburg texnologiya universitetida 4 oylik malaka oshirish kurslarida qatnashib keldi.
Filialda iqtidorli talabalardan tuzilgan dasturlash bo’yicha jahon olimpiadasiga qatnashish uchun 9 ta jamoa tashkil qilingan bo’lib bu guruxlarga magistrant Yusupov O., o’qituvchi Xo’jaev O. lar rahbarlik qilmoqda. Iqtidorli talabalar bilan ishlash maqsadli reja asosida tashkil kilingan. Iqtidorli talabalarga dasturlash sirlarini o’rgatish bo’yicha korxonalardan mutaxassislar jalb qilindi. Bu talabalar uchun chuqurlashtirilgan dastur asosida amaliy mashg’ulotlar konsultativ, diskussiya xarakterlarida ish olib borildi. Buning natijasi sifatida shuni aytish kerakki 2014 yil bo’lib o’tgan dasturlash bo’yicha jaxon olimpiadasining chorak final saralash musoboqalarida respublika bo’yicha jamoalar orasida 3-o’rinni egalladilar. Bundan tashkari
• “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar ko’rik tanlovida Veb ishlanmalar yo’nalishi bo’yicha Informatika va AT yo’nalishi 4-bosqich talabalari Kim Tatyana 1-o’rin, Adamov Elshod 2-o’rin, Ro’zmetov Suxrob 3- o’rini egalladilar
• 2014 yilgi Respublika Fan olimpiadasining 2-bosqichida 911-10 «Informatika va AT» guruhi talabasi Atajanov Quvondiq «Kompyuter grafikasi» fani bo’yicha 3- o’rinni egalladi.
2014 yilgi Respublika Fan olimpiadasining 2-bosqichida 911-10 «Informatika va AT» guruhi talabasi Sadullaev Nodir «Informatika va AT» fani bo’yicha 3- o’rinni egalladi.
«Axborot ta’lim texnologiyalari» kafedrasida iqtidorli talabalardan 20 nafari kafedra huzuridagi to’garaklarga jalb etilgan, iktidorli talabalar kafedra ilmiy seminarida ishtirok qilib, joriy yilda ko’pgina tezislarni kafedra professor o’qituvchilari maslaxati yordamida chop qildilar.
TATU Urganch filiali yangi binosi, 2011 yilda O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi tomonidan 17 mlrd 700 mln so’m ajratilib, pudratchi “MirMax” industrial MChJ tomonidan 2013 yil 7 noyabrda foydalanishga topshirilgan. O’quv auditoriyalari soni - 30 ta, 750 nafar talabaga mo’ljallangan (bu o’quv jarayonini 1 smenada olib borishga etarli), laboratoriya xonalari - 5 ta, lingofon sinflari -1 ta, (laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik 100 %), kompyuter sinflari soni -7 ta va umumiy kitoblar fondi 16020 ta bo’lgan 1 ta axborot-rusurs markaziga ega.
O’quv-laboratoriya xonalarining umumiy maydoni 209,5 kv.m., bitta talabaga to’g’ri keladigan foydali maydon 2,6 kv.m. filial binosida “Elektron hukumat” o’quv markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Filialda jami 274 ta kompyuter mavjud bo’lib, shulardan 108 tasi so’ngi rusumdagi kompyuterlar. Mavjud kompyuterlarning barchasi internet tarmog’iga ulangan xamda barchasi o’kuv jarayonida va ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy laboratoriyalarda foydalanilmoqda. O’quv binosi jaxon andozalariga mos keladigan zamanoviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jixozlangan, jumladan o’quv jarayoniga 26 ta proektor, 24 ta planshet, 4 ta ekranli interaktiv doska, 9 ta interaktiv doska, 15 ta motorli ekran ajratilgan bo’lib, barcha auditoriyalarda multimediya tizimlari mavjud.
TATU Urganch filialiini yangi binosida quyidagi laborotoriya xonalari tashkil etildi:
“Teleuzatish” laboratoriya xonasi (Radio va televidenie uzatish markazi).Ushbu xona 12 kanalli raqamli televidenie signallarni uzatish, qabul qilish va ularni taxrir qilish uchun mo’ljallangan qurilmalar mavjud. Ular yordamida “Raqamli televidenie” fanidan
1. Raqamli tasvir signallariga ishlov berish va o’zgartirish.
2. Davriy ishlovchi koder va dekoderning ishlash tamoyilini tadqiq qilish.
3. DVB tyunerining ichki tuzilishi va tarkibini o’rganish.
4. DVB tyunerining MPEG-4 raqamli paketlarni dekodlash jarayonini o’rganish.
5. DVB tizimida shartli foydalanish tizimlarining ishlash tamoyillarini o’rganish laboratoriya ishlarini bajarish imkonini beradi.
“Telekommunikatsiya uzatish tizimlari” laboratoriya xonasi. Ushbu xonada STM1 ma’lumotlarni uzatish tizimi (Telekommunikatsiya transport tarmog’i 9-bog’lamasi tomonidan tashkil etilgan), raqamli ATS(“O’zbektelekom” Xorazm filiali tomonidan tashkil qilingan), mobil aloqa tizimining tayanch stantsiyasi (Uzmobile Xorazm filiali tomonidan tashkil qilingan) qurilmalari mavjud. Mazkur laboratoriya qurilmalari orqali
1) Raqamli kommutatsiya tizimida sinxronlash,
2) Liniyaviy kodlar. NDV - 3 kodi,
3) Xotirlash qurilmalari negizida fazo-vakt kommutatori,
4) Raqamli kommutatsiya tizimi tarkibi va komplektatsiyasi stantsiyasini ishga tushirish,
5) Kommutatsiya tizimlarining element bazalari,
6) Trank terminali tuzilish sxemasini o’rganish,
7) GSM, CDMA standartlaridagi mobil terminallarining tuzilish sxemasini o’rganish laboratoriya ishlari bajarish imkoniyati mavjud.
Ma’lumotlarni uzatish tizimlari laboratoriya xonasi (UzOnline, Biznesni rivojlantirish markazi tomonidan tashkil qilingan). Laboratoriya xonasi IP-telefoniya qurilmalari, mashrutizator, ADSL modemlar bilan jihozlangan. Ushbu laboratoriya xonasida
1) Zamonaviy modemlarning kursatkichlarini xisoblash,
2) Xatoliklarni aniqlash va to’g’rilash usullari o’rganish,
3) Paketli kommutatsiya usullarini qiyosiy taqqoslash,
4) IR-manzillarni MAS-manzillarda aks ettirish mexanizmlarini
o’rganish,
5) Ma’lumotlar uzatish qurilmalarini boshqarish interfeyslarini
o’rganish,
6) Ethernet - kommutatorlarni sozlash tamoyillarini o’rganish laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish imkoniyati mavjud.
Shu bilan birga “Elektronika” laboratoriya xonasi National Instruments firmasining 5 ta LabViev virtual laboratoriya qurilmalari, “O’lchash va standartlashtirish” laboratoriya xonasi zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va qurilmalari bilan, Virtual ta’lim laboratoriya xonasi Huawei kompaniyasining multimediya o’quv jixozlari bilan jixozlangan.
Filial professor-o’qituvchilari va talabalari bevosita dars jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali dars samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega. Yangi binoning har bir o’quv xonasi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan, Jumladan kompyuter, motorli ekran, proektor bilan jihozlangan bo’lib, bu talabalarning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlardir.
Shuningdek, filialda talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil qilish maqsadida Virtual ta’lim tizimi to’liq joriy kilindi. Unda har bir professor-o’qituvchining fanlariga tegishli ma’lumotlar joylashtirlgan va undan talabalar masofadan internet orqali fodalanish imkoniyatiga ega bo’ldi. Jumladan, talabalar virtual ta’lim tizimiga ulanib, tegishli fan bo’yicha ma’ruza matnidan, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlar uchun materiallardan foydalanishi, fanlar bo’yicha savollar va testlar orqali o’zining bilimini baxolash imkoniyatiga ega. Virtual ta’lim tizimining afzal tomoni shundaki, o’qituvchilar talabalar bilan onlayn tarzda doimiy muloqot qilish imkoniyatiga ega. Bu talabalarga ta’lim olish bilan birga internetdan to’g’ri foydalanishni o’rgatadi .Yangidan tashkil etilgan laborotoriya xonalarini eski binoda tashkil etish uchun shart-sharoitlar mavjud emas edi. Yangi binoda esa keng va shinam xonalar mavjud bo’lib bu erda tajribalar o’tkazish uchun professor – o’qituvchilarga va talabalarga barcha sharoitlar yaratilgan.