info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Kiyinish madaniyati va odobi

admin | 2015-11-28 | 1435

«Vatanga bunday yuksak muhabbat tuyg'usi milliy liboslarga bo’lgan munosabatda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Chiroyimizga chiroy, ko’rkimizga ko’rk qo’shadigan milliy liboslarimiz qadrini baland tutaylik. Liboslar - o’zlik, qadr-qimmat, ornomus ko’zgusidir».

Islom KARIMOV


Dono xalqimiz azal-azaldan yuksak insoniy fazilatlar - halollik, pokizalik, imon - e’tiqod, insof-diyonat, mehnatsevarlik, insonparvarlik, kamtarlik, Vatanga sadoqat, ilmga tashnalik kabi fazilatlari bilan jumlai jahonda dong taratgan. Ayniqsa, sharqona andisha, mehr-oqibat, xayr- sahovat, odob-axloq, iffat va hayo, yurish-turishda kamtarlik, muomala, tavoze va kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, kabi hislatlar xalqimiz orasida abadiy sunmas, hayotiy qadriyat sifatida qon-qonimizga singib ketgan.
Darhaqiqat, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy ta’kidlaganlaridek:
Er kishiga zebu ziynat xikmatu donishdur,
Yaxshi kiymak birla xotunlarga oroyishdur.

LIBOSLAR - UZLIK KUZGUSI
Xorun Rashid davrida Bog’dodga samarqandlik tikuvchilar borib, saroy ayollari uchun liboslar tikib berishgan ekan. Bu kiyimlarda ayollarning hayosi, ibosi bilan ularning butun guzalligini nurlantirib yuboruvchi bichimlar qo’llanilgan. Kiyinish ham ma’lum ma’noda kishining estetik didini, madaniyatini ifodalaydi.
Abu Homid Fazzoliy «Xujjatu-l-islom» asarida: «Ey, farzand! Odob bir necha ko’rinishga ega. Inson, avvalo, kiyinish odoblarini yaxshi bilmog’i lozim», - deya uqtirgan.
Payg’ambarimiz Muxammad s.a.v: «Kiyimlarin- gizni did bilan kiyinglar, toki odamlar orasida yuzga oro bergan xol misoli chiroyli bo’lasizlar».
Ayrim ayollarimiz, ayniqsa, haj, umra ziyora- tiga borib kelgan yoki arab-fors mamlakatlarida bulib qaytgan xotin-qizlarimiz o’zimizning milliy kiyimlarimizni qo’yib, xorij xalqlarining milliy kiyimlariga ruju qo’ymoqdalar. Aslida esa, boshdan-oyoq matoga o’ralib, chirmalib yurish issik, iqlimli arab mamlakatlarida yashovchi ayollarga xos bo’lib, bu zinhor shariyat talabi emas, balki o’ziga xos tabiiy sharoit taqozosidir. Chunki, bu mamlakatlardagi jazirama sahro sharoitida shamolda ko’tarilgan qum to’zonlardan va chang g’uboplapdan yuz-ko’zni, quloq-burunni muhofaza qilish maqsadida ayollar, qizlar boshdan-oyoq engil matoga o’ralib yurishga majburdirlar. Xotin- qizlarimizning bunday o’ranib yurishlariga sira hojat yuq. Chunki yurtimizda tamomila boshqacha tabiiy iqlim sharoiti mavjud bo’lgani sababli Binobarin yuzga qora mato tashlangan holda yurish arab ayollariga ko’r-ko’rona taqliddan boshqa narsa emas.

Binobarin, bunday holatlarni milliy qadriyatlarimiz, odob-axloq me’yorlariga zid bo’lgan ma’naviy taxdid sifatida baholash mumkin. «Xayo va iboning tashqi ko’rinishi kiyimdir» degan hikmat bejiz aytilmagan. Afsuski, ba’zida tizzadan yuqori yubka kiyib yoki kindiklarini ochib yarim-yalantoch holatda yurgan qizlarni uchratamiz. Bunday kiyinish milliy manaviy-axloqiy ananalarimizga yot bo’lishidan tashqari, xotin-qizlarning salomatligiga ham zararlidir.
Turk olimi Aliy Nazimo: «Bizlarni hayron qoldirib turgan bir narsa borki, u ham bo’lsa, ayollarning yasan-tusanga cheksiz mayl qilishlari, kiyinishga keragidan ortiq tirishishlaridir. Bunday aybli ayollar oxiri xatarli oqibatlarni keltirishadi. Ular aqlga sig’magan xarajatlarga, yurtning xarobalashuviga sabab bo’lishadi...».
KIYINISH MADANIYATI VA NOBOP REKLAMA
Televidenie orqali kelin liboslari salonlarining nikox liboslarining sotilishi va ijaraga berilishi uzluksiz targ’ib etilmokda. Bunday qaraganda ular benixoya go’zal, go’yo san’at asari, deysiz. Lekin frantsiyalik yoki amerikalik ayollarning chig’irig’idan o’tgan, didlariga yarasha yaratilgan bu qorday oppoq kelinchak liboslari (ko’kragi, elkasi, orqa tomoni ochiq) bizning qizlarimizga, milliyligimizga to’g’ri kelmaydi.
Internet tarmog’ida fahshga eltuvchi turli-tuman kiyimlar targ’ibot qilinmoqda. «Xech narsani uylamang, faqat qanday yo’l bilan bo’lsa ham mulk toping va ebiching» g’oyasi dunyo aholisi ongiga singdirilishiga zo’r berib harakat qilinayotganligi bu insoniyatning ma’naviy xalokatiga xizmat qilishdan boshqa narsa emas. Chunki, hazrat Navoiy zikr etganlaridek:
Odam o’lg’an zebu zohirdin demas,
Kimki ondin faxr etar - odam emas.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Respublika ma’naviyat tarpg’ibot markazi