info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

"Urganch kitob festivali - 2019"

Bugun Urganch shahrida kitob yarmarkasi o`tkazilmoqda.Unga ko`ra, -yoshlarning barcha qatlamlarini kitob o`qishga da'vat etish hamda kitob o`qishga bo`lgan qiziqish va intilishlarini qo`llab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish; -yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko`nikmalarini yanada yuksaltirish; -milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adiblarimiz ijodini yoshlar o`rtasida keng targ`ib etish, kelajakda ijodkor yoshlar tomonidan badiiy yetuk, yuqori saviyali asarlar yaratilishiga erishish borasida amalga oshirayotgan ishlarimizning yana bir muhim ifodasi sifatida qarash mumkin. Mamlakatimizda kitobxon yoshlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida Prezident sovrini uchun "Yosh kitobxon" Respublika tanlovlari har yili ana`naviy tarzda tashkil qilishi natijasida, kitobxon yoshlar soni ham tobora ortib bormoqda. Bugungi "Urganch kitob festivali - 2019" kitob savdo yarmarkasida Urganch shahridagi umumta'lim maktabi, kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar o`quvchilari, Oliy ta'lim muassasalari talabalari, shahar aholisi ishtirok qilishdi. Festivalni Urganch shahar hokimi Sh.Abdullaev ochib berdi. Urganch shahridagi barcha kitob do`konlari o`z xizmatlarini va kitoblarini ham taqdim qilishdi. Faol yoshlar ishtirokida Zakovat intellektual o`yini ham tashkil qilindi. Ushbu festival Urganch shahar hokimligi tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil qilindi. "Urganch kitob festivali - 2019" kitob savdo yarmarkasi 16-17 oktyabr kunlari o`z faoliyatini yuritadi.

admin | 16-10-2019 | 248