info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Xorazm viloyat matbuot boshqarmasi tomonidan Davlat hokimiyati va boshqaruvi faoliyatini ochiqligi to`g`risidagi qonunning mazmun va mohiyatiga qaratilgan seminar bo`lib o`tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputatlari Numan Akbarov, Rasul Kusherbaev, davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari, axborot-kutubxona muassasalari, ta'lim muassasalari, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining axborot xizmatlari, OAVlari va blogerlar ishtirokida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta'minlash milliy tizimining tashkiliy-huquqiy asoslari”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi: fuqarolar axborot olish huquqlarini ta'minlashning dolzarb masalalari” mavzusida seminar o`tkazildi. Tadbirda deputatlar tomonidan O`zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida”gi qonunining asosiy vazifalari, amaliy natijalari va prinsiplari xususida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi. -O`zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida”gi qonunida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlashning oltita usullari belgilab berilgan, — deydi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboev. — Bular davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g` risidagi axborotni e'lon qilish (chop etish); davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g`risidagi axborotni ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish va yangilab borish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g`risidagi axborotni hamma kirishi mumkin bo`lgan xonalarga va joylarga joylashtirish hamda yangilab borish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati o`g`risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay'at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo`lishi uchun sharoitlar yaratish; axborotdan foydalanuvchilarning so`rovi asosida ularga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to`g`risida og`zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taq dim etishdan iborat. Seminarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig`i D.Bekchanova, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O`zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo`limi rahbari O`.Matqurbonov, viloyat hokimligi axborot xizmati rah bari Sh.Karrievlar “O`zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida”gi qonunining asosiy qoidalari”, “Davlat hokimiyati va boshq aruvi organlari faoliyati ochiqligi ta'minlash: huquqlar va majburiyatlar”, “Faoliyat ochiqligini ta'minlashda Axborot xizmatlarining roli: eng yaxshi amaliyot namunalari” mavzularida so`zga chiqdilar.

admin | 16-10-2019 | 218