info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Odam savdosi - davr vabosi!

Xorazm viloyat ma'naviyat va ma'rifat markazida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi Respublika "Istiqbolli Avlod" ijtimoiy - axborot markazi Xorazm viloyati bo`limi bilan hamkorlikda "Odam savdosi muammosi NNTlari va blogerlar nigohida" mavzusida seminar, shuningdek "Saylov jarayonlarida blogerlar faoliyati" va "Xolislik - axborot xavfsizligini ta'minlashning muhim mezoni" mavzularida seminar o`tkazildi. Seminarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig`i D.Bekchanova, Respublika "Istiqbolli Avlod" ijtimoiy - axborot markazi Xorazm viloyati bo`limi rahbari S.Matkarimova, axborot xizmati rahbarlari, OAV xodimlari va blogerlar ishtirok etdilar. Seminarda asosiy e'tibor davlat va jamiyat o`rtasida sifatli muloqotni yo`lga qo`yish, aholiga islohotlarning maq sadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to`liq axborot yetkazish, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati shaffofligini oshirish, shuningdek, ularning jamoatchilik bilan o`zaro hamkorlik aloqalarini va axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini tubdan yaxshilashga qaratildi

admin | 15-10-2019 | 278