info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Kitobning keng dunyosi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida yoshlar orasida kitobxonlikni targ`ib etishga qaratilgan "Kitobga qaytish" mavzuida davra suhbati bo`lib o`tdi. Davra suhbatini Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo`limi boshlig`i A.Saparbaev kirish so`zi bilan ochib, bugungi kunda mamlakatimizda 2017 - 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o`zgarishlar amalga oshirilayotgani, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 19 mart kunidagi "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha selektor yig`ilishi"da ham yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish belgilab berilgani shu munosabat bilan filialda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Kitobga qaytish mavzuida O`zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakili X.Abdullaev fikr bildirdi. U islom dini ilk boshdanoq jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashgan din ekani, Qur'oni karimning ilk oyati ham "O`qi!" degan so`z bilan jaranglashi, dinimiz birinchi oyatidayoq o`qishga, mutolaa qilishga, yozishga chorlashi, qur'on so`zining ma'nosi ham "o`qish" ekani, mana shuning o`zidan muqaddas dinimiz ta'limotlarida o`qish, mutolaa qilishga bo`lgan e'tibor va ahamiyat naqadar buyuk ekanligini bilish mumkinligi ta`kidladi. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo`linmasi boshlig`i G.Ibodullaeva, kitob o`qishning foydasi mo`l, barakasi behisobligi, avvalo o`qish va mutolaa turli-tuman madaniyatlar va bilimlarni o`rganish uchun insonga asosiy ko`prik bo`lib xizmat qilishi, dunyoqarashi, madaniy saviyasi shakllantirishi, undan tashqari kishi ko`p o`qigan sari bilimi oshib boraverishi, hamma sohadan ma'lum ma'noda xabari bo`lishi, natijada atrofidagilar uchun ham qiziqarli suhbatdosh, to`g`ri maslahatgo`y va yordamchiga aylanishi, kitob ezgulikdan, oliyjanoblikdan, mardlikdan hikoya qilishi, ma'naviyatni oshirishi, tubanlik,nomardlik, razolat va xiyonatning qabih yuzini ochib berishi, bunday yomon xulqlarga qarshi qalbda nafrat uyg`otishi, shu bois yoshlarimizni kitobga mehrli qilib o`stirish ma'naviy va tarbiyaviy jihatdan ham muhim ahamiyatga molik ekani to`g`riisda ma'ruza qildi. Shundan so`ng, Xorazm" nashriyoti direktori T.Tangriberganov Xorazm nashriyoti tomonidan nashr qilingan Gogolning mangulikka hamnafas asari "Revizor" komediyasi yozilishi tarixi to`g`risida so`z yuritdi hamda "Revizor"ning yangi nashri kitobxonlarga manzur bo`lishini aytib, nashriyot nomidan filial Axborot resurs markaziga 2 nomdagi N.V.Gogolning "Revizor", R.Otaboevning "Avg`on saboqi" kitoblarini sovg`a qildi.

admin | 10-10-2019 | 347