info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

"Ogohlik - davr talabi"

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Uranch filialida filialida "Ogohlik - davr talabi" mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o`tkazildi. Tadbir "Talabalar turar joylari" da o`rinlarning cheklanganligi sabali talabalarni viloyatlar markazlarida, shahar hududlarida hamda hususiy xonadonlarda ijarada istiqomat qilgan holda tahsil olayotganligi tufayli filialda tahsil olib, ijarada yashovchi talabalarni turli xavf-xatarlaridan ogoh etish maqsadida Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qo`shma umumprofilaktik tadbirlar reja-jadvali ijrosini ta'minlash maqsadida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etilganligi borasida Xorazm viloyat IIB xuquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi boshlig`i, S.Raximov fikr bildirdi. Xorazm viloyat IIB xuquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi boshlig`i, S.Raximov o`z ma'ruzasida, talabalarga o`zlarining yashash joylaridan olisda xususiy xondonlarda ijarada turishi, turli toifadagi fuqarolar uyida nazoratsiz holda yashashi, zarur shart-sharoitlar va xavfsizlik talabalariga javob bermaydigan uylarda istiqomat qilish turli ijtimoiy - maishiy xavf-xatarlarni yuzaga kelishi, filialda tahsil olayotgan, ijarada yashovchi talabalarning yashashi hamda ularga imkon qadar zarur shart-sharoit yaratib berish, turli salbiy g`oyalarning ta'siridan ogoh etish, ijarada yashovchi talabalarning vaqtincha mahalla ro`yhatidan o`tkazilishi (propiska), bilan bog`liq bir necha huquqiy ma'lumotlar va maslahatlar berdi.

admin | 04-10-2019 | 187