info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Joriy yilning 13 sentyabr sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialining majlislar zalida, filial direktori M.I.Baydjanov guruh sardorlari bilan ochiq muloqot o`tkazdi.

Joriy yilning 13 sentyabr sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialining majlislar zalida, filial direktori M.I.Baydjanov guruh sardorlari bilan ochiq muloqot o`tkazdi.

Muloqotning birinchi qismida filial direktori so`zga chiqib yig`ilgan talabalarni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yilda oliy ta'lim muassasalarida to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymatining o`rnatilishiga taaluqli sharhi bilan tanishtirib o`tdi.
Talabalarga jadvallarda hisob kitob qilingan stipendiya miqdorini aniqlashda mehnatga haq to`lash hamda eng kam miqdori bo`yicha hisoblangan qiymatlari, stipendiyasiz holatda to`lov-kontrakt miqdori uning qiymatini har oyda bo`lib to`lash bo`yicha belgilangan qiymatlar, oquv yillarida to`lov kontrakt qiymatlaridagi farqlar talabalarni o`qitish uchun sarflanadigan mablag`lar qiymatlarini aniq raqamlar bilan tushuntirdi.
Muloqotning ikkinchi qismi kontrakt to`lovi, stipendiya va rag`batlantirish mavzulariga qaratildi.
Ya'ni Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo`yicha kunduzgi ta'lim shaklida to`lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to`lovlarni amalga oshirishi mumkinligi, stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oyda talabaga to`lanishi belgilanayotgan 400 000 so`m, bir yilda jami 4 800 000 so`mni chegirib tashlash hisobiga shakllantirilishi, kontraktda o`qiydigan talabalarning stipendiya miqdori 400 000 so`mga tushurilgani to`g`risida ma'lumotlar berdi. Talabalar barcha savollariga to`liq javob oldilar.

admin | 14-09-2019 | 318