info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

TATU Urganch filialida birinchi bosqich talabalarini muassasa hayotiga tezda moslashib, ko'nikma hosil qilishlari uchun ijtimoiy va ma'naviy tadbirlarni o'z ichiga olgan “Tanishtiruv haftaligi" o'tkazildi.

TATU Urganch filialida birinchi bosqich talabalarini muassasa hayotiga
tezda moslashib, ko'nikma hosil qilishlari uchun ijtimoiy va ma'naviy tadbirlarni o'z ichiga olgan “Tanishtiruv haftaligi" to`rt kun davomida o'tkazildi.
Birinchi va ikkinchi kunlari filial direktori M.I.Baydjanov hamda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini
rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig`i Z.Q.Karimov bilan ochiq muloqot tarzda boshlandi.
Haftaning uchinchi kunida 13 nafar to`garakka asos solindi (english, russian speaking, computer, programming, cybersport, innovation startup.....)
va talabalar mazkur to`garaklarga a`zo sifatida ro`yhatga olindi.
Kun davomida “Open air games” ham bo'lib o'tdi va uning yakunida guruh sardorlari saylandi.
Ta`kidlash joiz, Oweek haftaligining to`rtinchi kunida TATU Urganch filiali birinchi bosqich talabalari futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat,
shashka kabi sport turlari bo'yicha bellashdilar.Haftalik talabalar uchun yangiliklarga boy bo'ldi ular filial hayotiga to'liq moslashdilar.

admin | 09-09-2019 | 136