info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Bugun Urganch shahridagi O`zbekiston mehmonhonasida “O`zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish” mavzuida trening bo`lib o`tdi

Bugun Urganch shahridagi O`zbekiston mehmonhonasida “O`zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishda
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish” mavzuida trening bo`lib o`tdi.Trening O`zbekiston jurnalistlarini
qayta tayyorlash markazi tomonidan tashkil qilindi. Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi elchihonasi moliyaviy ko`magida
bajarilayotgan mazkur loyiha O`zbekistonning 11 ta hududida iyul-noyabr oylarida ro`yobga chiqariladi. Loyiha doirasida
ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qamrab olinadi.

Loyihaning maqsadi data-jurnalistika imkoniyatlaridan foydalangan holda ommaviy axborot vositalari vakillarining
korruptsiya holatlarini yoritish salohiyatini oshirishga hamda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan.

admin | 06-09-2019 | 301