info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Jonajon O`zbekistonim, mangu bo`l omon!” shiori ostida o`tkazilgan mustaqillik darsi 4 sentyabr sanasida bo`lib o`tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Jonajon O`zbekistonim, mangu bo`l omon!” shiori ostida o`tkazilgan mustaqillik darsi 4 sentyabr sanasida bo`lib o`tdi. Mazkur darsda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig`i Z.Q.Karimov, Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig`i Sh.A.Sadullaev, “Telekommunikasiya Transport Tarmog`i” filialining To`qqizinchi Bog`lamasi R.E.Gaipov, “O`zbekiston pochtasi” AJ Xorazm filiali direktori A.I.Raximov, “O`zbektelekom” AK Xorazm filiali texnik direktori O.Djumaniyazovlar taklif etildi. Ishtirokchilar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida”gi qarorida ilgari surilgan g`oyalar hususida ma'ruza qildilar.

admin | 06-09-2019 | 139