info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi

Kafedra mudiri: Xajiyeva Iroda Adambayevna

Telefon: +998906481835

e-mail: irush1978@mail.ru

Kafedra tarixi

Kafedra 2005 yilda “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” nomi bilan tashkil etildi. Kafedraga o’sha vaqtlarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent G.Xalliyeva mudir etib tayinlandi va 2010 yilgacha faoliyat olib bordi.
2011 yilning 1 - fevralidan f.f.n., Xajiyeva Iroda Adambayevna rahbarlik qilmoqda. O’tgan davr mobaynida kafedrada 20 ga yaqin professor-o’qituvchilar, jumladan 6 nafar fan nomzodlari, dotsentlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordilar.
Kafedra tashkil etilgandan buyon, kafedra a’zolaridan 1 nafari fan nomzodi ilmiy darajasini oldi.
Hozirda kafedrada 3 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar katta o’qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedra tassarufida 2 ta multimedia sinflari mavjud bo’lib, ularda 2 nafar o’quv-yordamchi xodimlar talabalarni ingliz tilini o’qitishda samarali yordam bermoqdalar. Kafedra o’quv rejalari doirasida o’nlab o’quv kurslari o’quv jarayonlariga tadbiq etildi.

Aksariyat fanlar multimedia tizimlaridan foydalangan holda olib boriladi. Buning uchun fanlar bo’yicha elektron-o’quv resurslar, o’quv-uslubiy majmualar talab darajasida yaratilgan. Kafedra a’zolari o’quv mashg’ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borishmoqda.
Hozirgacha kafeda a’zolarining 70 dan ortiq ilmiy (jumladan uzoq xorijda 10dan ortiq) va 10 ga yaqin uslubiy ishlari e’lon qilingan bo’lib, ularning aksariyat qismidan o’quv jarayonlarida foydalanib kelinmoqda.
Kafedra a’zolari ilmiy va o’quv markazlari bilan aloqalar o’rnatilgan va ular axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha o’tkaziladigan Xalqaro va Respublika ilmiy anjumanlarida qatnashib kelmoqdalar.
Kafedradagi yosh o’qituvchilar gumanitar (filologiya, tarix, iqtisod, ma’naviyat) yo’nalishda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedrada o\'qitiladigan fanlar:
Chet tili;
O’zbek tili;
Rus tili;
Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik;
Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish;
O’zbekiston tarixi;
Pedagogika. Psixologiya;
Siyosatshunoslik. O’zbekiston Respublikasida demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
Jismoniy tarbiya;
Iqtisodiyot nazariyasi;
Menejment va marketing asoslari;
Soliq va soliqqa tortish;
Kasbiy pedagogika;
Milliy istiqlol g’oyasi;
Sotsiologiya;
Madaniyatshunoslik;
Geopolitika;
Kasbiy psixologiya.

Kafedra professor-o\'qituvchilari:
Xajiyeva Iroda Adambayevna
Abdullayeva Shohidaxon Davronbekovna
Xujaniyazova Guzal Yuldashevna
Sapayeva Feruza Norboyevna
Ibragimov Sardor Ibragimovich
Batirova Feruza Kadamovna
Matyazova Nilufar Sabirovna
Ibragimov Dilshod Atanazarovich
Matkarimova Intizor Atabayevna
Saparbayev Atabek Sharipbayevich
Jumaniyazov Fazliddin
Adambayeva Feruza

Kafedra manzili: TATU Urganch filiali binosi, 2-qavat, 210-xona.

admin | 2013-12-03 | 1634