info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar va magistrlar uchun "Talabalikka bag'ishlov" tadbiri va "Tanishtiruv haftaligi"

TATU Urganch filialida 4 sentyabr sanasida oliy ta'limga qabul qilingan talabalarni tabriklash tadbiri bo'lib o'tadi. Oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan talabalarni tabriklash tadbiri "Talabalikka bag'ishlov" deb nomlanib, an'anaviy tarzda har yili sentyabr oyida oliy ta'lim muassasalari tomonidan tantanali ravishda, yuqori saviyada o'tkaziladi.Shu qatorda TATU Urganch filialida ham "Talabalikka bag'ishlov" tadbiri keng nishonlanishi ko'zda tutilmoqda.Ta'kidlash lozimki, tadbirda ommaviy axborot vositlari, televideniye hodimlari ham ishtirok etadi. Bundan tashqari "Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta'lim" fakultetining birinchi bosqich talabalari uchun, 1-bosqich talabalarini muassasa hayotiga tezda moslashib, ko'nikma hosil qilishlari uchun ijtimoiy va ma'naviy tadbirlarni o'z ichiga olgan “Tanishtiruv haftaligi" 4 kun o'tkaziladi.

admin | 03-09-2019 | 932