info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Mintaqaviy-Milliy yoshlar forumi

2019- yil 23-24-25 avgust kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Mintaqaviy-Milliy yoshlar ”forumi bo’lib o’tdi. Forumga Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi ma'sul xodimi Faol fuqaro debat klubi bosh koordinatori A. Jo’raev, filial direktori Maqsudbek Baydjanov hamda siyosiy partiyalarning viloyat kengashlari raislari tashrif buyurishdi. Forumning birinchi kunida viloyatda faoliyat olib borayotgan Siyosiy partiyalar vakillari Davlat boshqaruvi Siyosiy partiyalarning o’rni va roli to’g’risida, “Saylov kodeksini ishlab chiqilishi va qabul qilinishi, saylov tizimimizning takomillashtirilishi –milliy saylov qonunchiligimiz rivojidagi yangi bosqich” mavzularida ma’ruzalar o’qidilar. Ikkinchi kunida murabbiylar tomonidan o’rtaga tashlangan eng dolzarb mavzularda debatlar, press klub tashkil qilindi. Press klubda partiyalar tomonidan bugungi kunda viloyat miqyosida partiya saflariga qancha yoshlar qamrab olingani va qanday muammolarni yechimi bo’yicha ishlar olib borilgani , qancha masala o’z yechimini topgani haqida munozaralar uyushtirildi.Forumning uchinchi kunida yoshlarda vatanparvarlik tuyg’ularini kuchaytirish maqsadida ochiq osmon ostidagi muzey hisoblanmish Xiva shahriga sayohat qilishdi.

admin | 26-08-2019 | 326