info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Oliy attestasiya kommissiyasi raisi bilan uchrashuv

2019 yil 17 avgust sanasida filialda Oliy attestasiya kommissiyasi raisi Yusupov Axmadjon Todjievich professor-o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va magistrantlar bilan uchrashuv olib bordi.Uchrashuvda filial direktori Maqsudbek Baydjanov, O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Omonboy Xalmuratov, fakultet dekanlari qatnashdilar. Uchrashuvda ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, dissertasiyalarni yoqlash borasida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar to’g’risida suhbat bo’lib o’tdi. Suhbat davomida PhD va DSc dissertasiya himoyasi bo’yicha kutilayotgan o’zgarishlar haqida munozaralar yuritildi. Suhbatda professor-o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

admin | 19-08-2019 | 348