info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishning tashkiliy huquqiy masalalari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 7-8-9 avgust sanasida “Saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishning tashkiliy huquqiy masalalari”mavzusida saylov uchastka faollari uchun maxsus o’quv-seminari bo’lib o’tdi. O’quv seminarni o’tkazishdan maqsad uchastka saylov komissiyalari a’zolarida 2019 yil dekabr oyida Oliy Majlis qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo’lib o’tadigan saylovlarni tashkil etish, saylovga oid qonunchilik va saylov jarayonida vujudga keladigan turli masalalar yuzasidan vujudga keladigan bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Qatnashuvchilar Saylovga oid qonunchilikdagi yangiliklar haqida aniq bilimlarga ega bo’ldilar, o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar. Seminar yakunida qatnashuvchilarga saylovga oid zarur bilim hamda ko’nikmalarni egallaganliklari hamda faol qatnashganliklari uchun sertifikat bilan taqdirlandilar.

admin | 10-08-2019 | 852