info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

TATU Oʻzbekiston OTMlar milliy reytingida yuqori oʻrinni egalladi!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xalqaro tajribaga muvofiq takomillashtirilgan indikatorlar asosida joriy yilning fevral-iyun oylarida respublikaning 57 ta oliy taʼlim muassasalari (filiallari bilan birga) faoliyati tahlil qilindi va 2019-yil 1-yanvar holatiga ularning reyting natijalari tayyorlandi. Quvonarlisi shundaki, ushbu reytingda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 57 ta oliy taʼlim muassasalari reytingida eng yuqori oʻrinlardan birini-4 oʻrinni egallagan (Oldingi reyting natijalariga nisbatan 6 pogʻona yuqoriladi). Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan professor-oʻqituvchilarning soni boʻyicha Toshkent axborot texnologiyalar universiteti yetakchi OTMlardan biri boʻlib qolmoqda. Eng koʻp ish beruvchilar bahosini toʻplagan OTMlar roʻyxatida ham TATU ilgʻor oʻrinni egallab turibdi. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, ishlarni huquqiy tartibga solish maqsadida oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi va 2019-yil 7-iyunda 467-son bilan tasdiqlangan. Kelgusida reyting natijalarini tahlil qilish asosida OTMlarni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasi ishlab chiqiladi. Bunda milliy reytingda dastlabki 10 talikka kirgan OTMlar orasidan kelgusida dunyo reytingiga kiritish mumkin boʻlgan OTMlar haqida tahliliy maʼlumotlar tayyorlanadi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Reyting natijalari asosida mahalliy OTMlardan 5 tasini QS, THE kabi xalqaro reyting agentliklarining roʻyxatiga kiritish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash haqida OOʻMTVga taklif beriladi. Bu oʻz oʻrnida milliy OTMlarimizni dunyo universitetlari reytingiga chiqishiga dastlabki qadam boʻlib xizmat qiladi.

admin | 09-08-2019 | 891