info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Odam savdosi – davr muammosi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “30 iyul – xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatini o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.A.Reyimberganov kirish so’zi bilan ochib berdi. U o’z so’zida bugungi insonning erkinligini, huquqlarini poymol qilishga qaratilgan odam savdosi dunyo jamoatchiligi tomonidan keskin qoralanayotganligi, bu jinoyatga qarshi kurashish xalqaro miqyosda davom etayotganiga qaramay, bu illat hamon mavjud bo’lib turganligi haqida gapirdi. So’ng o’z so’zida davom etib, bu sohada qabul qilingan xalqaro hujjatlar, milliy qonunchilik ijrosi dolzarb ahamiyatga molikligini, 2008 yil 17 aprelda O’zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni qabul qilinishi odam savdosiga qarshi kurashish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish, muhimi, odam savdosidan jabrlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatishda muhim huquqiy asos vazifasini bajarib kelayotganligini aytib o’tdi. .

Davra suhbatida O’zbekiston Musulmonlar idorasi Xorazm viloyati bo’limi, Xorazm viloyat Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo’limi vakillari ishtirok etdi. .

Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo’limi xodimi X.Salaev O’zbekistonda inson manfaatlarini ta’minlash, huquqlarini himoya qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Odam savdosi jinoyatining oldini olish, unga qarshi kurashish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. "Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida"gi qonun odam savdosiga qarshi kurashishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi mustahkamlanishiga mustahkam huquqiy zamin yaratdi. .

Davra suhbatida Urganch shaxar bosh imom xatibi o’rinbosori X.Otojonov odam savdosi jinoyati global muammolardan biri ekanini qayd etdi. Ayanchlisi, bu jinoyat girdobiga ojiz va himoyaga muhtoj bo’lgan bolalar va ayollar ko’proq tushayotganidir. O’zbekistonda bu jinoyatga qarshi kurashish, bu borada xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yishda izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Odam savdosiga qarshi kurashish bilan bog’liq BMT hujjatlari ratifikatsiya qilinishi bilan birga milliy qonun ham qabul qilingan. Muhimi, bunday turdagi jinoyatlar kamayishiga erishildi, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko’rsatish tizimi shakllangan. .

Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurashishining huquqiy va institutsional asoslari, Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha idoralararo komissiya faoliyati, mehnat migratsiyasi bilan bog’liq jarayonni tartibga solish, odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam ko’rsatish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. .

Tadbir davomida “Jinoyatchilar emas, jabrlanganlar-2” filmi namoyish etildi. .

Film taqdimotidan so’ng ishtirokchilar bu yo’nalishda olib borilgan ishlar natijalari, uchrayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish borasida fikr almashdi. .

Tadbir so’ngida yig’ilganlarning fikr-mulohazalari tinglandi, savollarga javoblar berildi hamda tadbirga tashrif buyurgan ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirilgan holda yakunlandi.

admin | 30-07-2019 | 1316