info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

HURMATLI ABITURIYENTLAR!

img

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti Aaxborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti TATU Urganch filiali uchun bakalavriatning Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga hujjatlarni qabul qiladi. Hujjatlar TATU Urganch filiali qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Manzil:Urganch sh., al-Xorazmiy ko’chasi, 110-uy.

Telefon: +99895-606-42-34, +99899-564-61-37, +99862-224-61-37

Elektron pochta manzili: qabul2019@ubtuit.uz

Ushbu fakultet bitiruvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlariga ega bo‘lishadi:

Yotoqxona taqdim etiladi

  • Talabalarga stipendiya to‘lanmaydi
  • O‘qish uchun to‘lovlar quyidagilarni tashkil qiladi:

    - Birinchi bosqichda (TATU Urganch filialida 1-2 kurslar) – yiliga 1 500 AQSh doll.

    - Ikkinchi bosqichda (BDIRU da 3-4 kurslar) – yiliga 2 000 AQSh doll.

  • TANLOVDA QATNASHISH UCHUN:

    1) Qabul komissiyasiga 20.08.2019 y. gacha ariza va quyidagilar taqdim etilishi kerak:

    • 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat
    • pasport (16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) nusxasi
    • umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari.

    Ariza blankasi (rus tilida) Qabul komissiyasidan olish mumkin.

    2) So‘ngra kirish sinovlardan o‘tish zarur (quyida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq). Abituriyentlarni tanlashni tashkil qilishda ularning rus tili bilish darajasi asosiy shart hisoblanadi. Tanlov kirish imtihonlari (rus tilini bilish bo‘yicha suhbat) natijalari asosida amalga oshiriladi. Tanlov har bir yo‘llanma uchun alohida o‘tkaziladi.

    2019-2020 o‘quv yiliga TATU-BDIRU ATQF bakalavriati ta’lim dasturlariga topshiruvchilar uchun qabul kvotalari va kirish sinovlarning ro‘yxati

    OTM nomi Ta’lim dasturi Qabul uchun joylar soni
    TATU Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti 50
    Dasturlanadigan mobil tizimlar 50
    Sun’iy intellekt 50
    TATU Samarqand filiali Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti 25
    Dasturlanadigan mobil tizimlar 25
    TATU Nukus filiali Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti 25
    Dasturlanadigan mobil tizimlar 25
    TATU Urganch filiali Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti 25
    TATU Qarshi filiali Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti 25
    TATU Farg’ona filiali Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti 25

    BELORUSSIYA DAVLAT INFORMATIKA VA RADIOELEKTRONIKA UNIVERSITETIDA TALABALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR

    *qabul komissiyaning qaroriga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida Respublika va xalqaro olimpiadalar va musobaqalar g‘oliblari tanlovdan tashqari hamda tanlangan ta’lim yo‘nalishiga ko‘ra qaror qabul qilinishi mumkin.

    Kirish sinovlari 1 iyuldan 15 oktyabrgacha qabul komissiya tomonidan tasdiqlangan grafik asosida o‘tkaziladi.

    O‘quv mashg‘ulotlar 2019 yil 2 sentyabrdan boshlanadi.

admin | 28-06-2019 | 474