info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Smart Modeling workshop “O’zbekiston–Germaniya”

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 5 kunlik Workshop dasturi ish boshladi. Workshop “O’zbekiston –Germaniya” dasturi davomi sifatida Germaniya federal Ta’lim va Fan Vazirligi hamda Innovatsiyalarni rivojlantirish Vazirligi homiyligi ostida tashkil etilayotgan bo’lib,bundan asosiy ko’zlangan maqsad: Germaniya va O’zbekiston o’rtasida ilmiy texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Workshop dasturiga “Smart modeling” ya’ni “Aqlli modellashtirish” ilmiy loyihasi asosiy masala bo’lib kiritilgan.Ushbu dastur TATU va Oldenburg universitetining dasturiy injiniring guruhi hamkorligi doirasidagi loyiha bo’lib, ushbu hamkor oliygohlar orasida tajriba almashuvini nazarda tutadi. Workshop dasturida modellashtirish injiniringida ehtiyojga asoslangan rivojlanish texnikasi, usullari va ilmiy yangiliklari aqlli modellashtirish texnikasi va tadbiqi kirgan bo’lib, ularni kelajakda intensiv dasturlash tizimlariga yo’naltirish masalalari ko’riladigan bo’ldi. Workshop dasturining dastlabki kunlarida Germaniyaning Oldenburg universiteti olimlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining olim va professorlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining professorlari o’rtasida seminar bo’lib o’tdi. Dasturning 4-kunida TATU Urganch filiali talabalari bilan uchrashuv rejalashtirilgan. Ular bilan bo’lib o’tayotgan dastur loyihasi bo’yicha talabalarning qiziqishlari o’rganiladi.

admin | 25-06-2019 | 355