info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Technovation challenge 2019” Xalqaro qizlar ko'rik tanlovi

Toshkent shahrining Texnologiya markazida 1-iyun kuni Amerika elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Technovation challenge 2019” Xalqaro qizlar ko'rik tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 5 nafar talabasi faol qatnashib, Xalqaro toifadagi sertifikat bilan taqdirlandilar.Filialimiz eng iqtidorli talabasi Palvanova Sevara Technovation challenge 2019 da Urganch jamoalarini mukammal darajada koordinatsiya qilganligi uchun, ikkita guruhga murabbiyligi uchun Xalqaro toifadagi sertifikatga ega bo’ldi. Peoples Choice Award” nominasiyasi bo’yicha eng yaxshi loyiha deb topildi va Ekologiyani muhofaza qilish kompaniyasi “Uz Water Aware” tomonidan eng yaxshi ekologiyani muhofaza qiluvchi loyiha deb topildi.

admin | 06-06-2019 | 767