info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“So’ng qo’ng’iroq” tadbiri: oliy ta’lim va maktab o’rtasidagi integratsiya

Har bir insonni kamolga yetishida maktabning, undagi ustozlarning mehnati beqiyosdir. Shunday ekan, hech kimga sir emaski, hammamiz ham maktabni bitkazar ekanmiz, so’ngi qo’ng’iroq chalinadigan damlarni o’zgacha bir xis-hayajon bilan kutganmiz. Yillar davomida inson muvaffaqiyatga erishar ekan, har bir muvaffaqiyatida maktabning o’rni katta ekanini xis qilmog’i, har kun bo’lmasada ma’lum bir bayram yoki boshqa tadbirlarda unga ta’lim bergan maktabni eslab borishi maqsadga muvofiqdir. Shu nuqtai nazardan filialimizning “Dasturiy injiniring” kafedrasi o’qituvchisi, “Kompyuter injiniringi” fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini Oybek Aliyev Xiva shahridagi o’zi tahsil olgan 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida so’ngi qo’ng’iroq tadbirida qatnashdi. Suhbat davomida Oybek Aliyev ushbu maktabni bitkazib yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar to’g’risida ma’lumot berdi. Masalan, filialning 2017-2018 o’quv yilidagi bitiruvchisi Ibodullayev Qudrat OTMda o’qish davomida ulkan natijalarga erishgani, hozirda esa, Rossiyada Sankt-Peterburgdagi ITMO oliygohida magistraturada tahsil olayotganini ta’kidladi. Ilmning ahamiyati, o’qigan insonning kam bo’lmasligi, buning uchun ko’proq kitob o’qish kerakligini ta’kidladi. Bitiruvchilarga keyingi hayotida omad tilagan holda, esdalik sovg’asi sifatida maktabga o’zining sevimli kitoblarini sovg’a qildi

admin | 03-06-2019 | 1561