info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Biz korrupsiyaga qarshimiz”mavzusida “Eng yaxshi maqola”nominasiyasidagi tanlov

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari “Biz korrupsiyaga qarshimiz”mavzusida “Eng yaxshi maqola”nominasiyasidagi tanlovning ikkinchi bosqichida o’zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Tanlov o’tkazishdan asosiy maqsad – yoshlarning huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo’yicha choralarni amalga oshirish, korrupsion huquqbuzarlikni o’z vaqtida aniqlash, uning oqibatlari, sabablari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalarini dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash, o’z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlashdan iborat. Tanlovda filialning “Kompyuter injiniring” hamda “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakultetlari talabalari ishtirok etishdi, jumladan: 1-o’rinni “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti 912-18 guruh talabasi Ataboev Botir, 2- o’rinni “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti 943-17guruh talabasi Masharipova Maftuna, 3-o’rinni “Kompyuter injiniring” fakulteti 914-16 guruh talabasi Umirzaqova Melixollar egalladilar.Tanlov g’oliblari rahbariyat tomonidan rag’batlantirildi hamda Respublika bosqichiga yo’llanma oldilar.

admin | 31-05-2019 | 331