info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar

Muhammad al–Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar”mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati, shahar va tumanlar hokimi o’rinbosarlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etdi. Tashkil etilgan o’quv seminarda axborot xizmatlari faoliyatiga doir qonunchilik: milliy va xorijiy tajriba, tashkilot faoliyatida uchraydigan stereotiplar,ularni buzishda OAVning roli, tashkilot imidji va uni boshqarish usullari haqida fikr almashildi. Shuningdek, OAV uchun tadbirlarning o’ziga xosligi, matbuot-anjumani, brifing, press-tur, taqdimot, tadbirlar uchun zarur PR-matnlar tayyorlash, kamera qarshisida chiqish qilish uchun kiyim tanlash, axborot xizmatlari tomonidan tayyorlanadigan materiallarda vizual instrumentlardan foydalanish, internetda onlayn moslamalarni qo’llash kabi masalalar bo’yicha amaliy mashg’ulotlar, muhokamalar bo’lib o’tdi. Seminardan kutilgan natijalar yuzasidan tinglovchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.

admin | 24-05-2019 | 1597