info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Saidahror Saidahmedovich Gulyamov “Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari” mavzusi yuzasidan seminar yig’ilishi o’tkazdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Saidahror Saidahmedovich Gulyamov “Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari” mavzusi yuzasidan seminar yig’ilishi o’tkazdi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi S.S.Gulyamovning takliflari asosida tashkil etilgan amaliy seminarni filial direktori M.I.Baydjanov ochib berdi. Shundan so’ng so’z akademik S.S.Gulyamovga berildi. Akademik S.S.Gulyamov O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, iqtisodiy o’sish va aholining turmush darajasini oshirishning asosiy omili sifatida, ta’lim va kadrlar salohiyati raqamli iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omillari sifatida, blokcheyn texnologiyalarining yaratilishi va iqtisodiyotga ta’siri, yangi raqamli dunyoning muhim elementlari tavsifi, kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari, kriptovalyutalar bozorining rivojlanishi to’g’risida tushuntirish olib bordi.Ushbu ma’lumotlar qatnashuvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

admin | 21-05-2019 | 1566