info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Prezidentning 5 ta muhim tashabbusi ijrosi ta’minlanmoqda.

Davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi. Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi bo’yicha Muhammad al –Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari va professor o’qituvchilari tomonidan joylarda turli tadbirlar, targ’ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda. Yoshlar ittifoqi faol a'zolari Shodlik mahallasiga tashrif buyurib bu yerda yashovchi yoshlarga kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish haqida tushuntirish ishlari olib bordilar. Muhammad al–Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida tarix darslari muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilib kelinmoqda. Professor-o’qituvchilar o’rtasida mini futbol musobaqalari ham o’tkazildi.Ikkinchi tashabbus bo`yicha filial ayollari o`rtasida stress va zo`riqishlarni bartaraf qilish maqsadida sportning voleybol, shaxmat shashka turlari bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Faol qatnashgan xotin qizlarga kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida kitoblar sovg’a qilindi.

admin | 20-05-2019 | 690