info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Xotira aziz, qadr muqaddas!

Respublikada keng nishonlanayotgan 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kunini yuqori saviyada nishonlashda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalarining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida bayram munosabati bilan “Motamsaro ona” xaykali poyiga gulchambar qo’yildi. Xorazm viloyati Urganch shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qurbanov Sobir boboni “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan samimiy tabriklash, xolidan xabar olish va ikkinchi jahon faxriylarining ko’nglini ko’tarish maqsadida filialning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Saparbayev 4 may sanasida tashrif buyurdi. Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan filialning bir guruh talabalari murabbiylari boshchiligida 10 may sanasida Xiva shahrida joylashgan “Xiva aloqa” muzeyi, Urganch tumanidagi “Ulli hovli” o’zbek va turkmanlarning tarixiy yodgorligi majmuasi va Xiva “Ichon qala” tarixiy yodgorligiga sayoxat qilishdi. Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan filial talabalari O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi Xorazm viloyati Bojxona boshqarmasiga 15 may sanasida tashrif buyurdilar.

admin | 16-05-2019 | 797