info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

E'tibor va g'amxo'rlik - insoniy burch

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “9 may umumxalq bayrami Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan 6 may sanasida “E’tibor va g’amxo’rlik insoniy burch” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatiga II-jahon urushi qatnashchisi Qurbanov Sobir ota taklif etildi. Tadbirda II jahon urushida O’zbekistonimizdan qonli janglarda halok bo’lgan insonlar xotirasi yod etildi. Tadbirda so’zga chiqqanlar inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg’usi bilan barhayotligi, xotira-kechagi o’tmishni, ajdodlar o’g’itini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek yoritib turishi to’g’risida gapirib o’tdilar

admin | 16-05-2019 | 869