info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida “Eng yahshi plakat” nominatsiyasi bo’yicha tanlov

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari o’rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida “Eng yahshi plakat” nominatsiyasi bo’yicha tanlovning birinchi bosqichi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 apreldagi 327-sonli buyrug’iga muvofiq va “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 31-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tanlovning 1-saralash bosqichi o’tkazildi va g’oliblar aniqlandi. Tanlovda “Komputer injiniringi” fakultetidan 1 nafar talaba, “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakultetidan 7 nafar talaba ishtirok etdilar. Tanlovda ishtirok etgan talabalarning plakatlari Hayat a’zolari tomonidan Nizomda ko’rsatilgan 4 ta mezon asosida baholandi: 1. 1-o’rin “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti 912-18 guruh talabasi Atajanov Botir 2. 2-o’rin “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti 922-16 guruh talabasi Palvanova Sevara 3. 3-o’rin “Komputer injiniringi” fakulteti 911-17 guruh talabasi Erkinova Nilufar va “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti 943-18 guruh talabasi Durduboeva Shaxista 4. 4-o’rin “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti 931-16 guruh talabasi Qalandarova Iroda va 922-18 guruh talabasi Djemilova Liliyalar g’olib deb topildilar va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar. Tanlov natijalari bo’yicha 1,2,3-o’rinni egallagan talabalar 2-bosqichda ishtirok etishlari ucnun yo’llanma oldilar.

admin | 16-05-2019 | 1724