info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Fuqaro muhofazasi kuni”ga ,bag’ishlangan maxsus taktik o’quv mashqi

2019 yilning 25 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Fuqaro muhofazasi kuni”ga ,bag’ishlangan maxsus taktik o’quv mashqi o’tkazildi. O’quv mashqida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo’lim boshlig’i, Respublika Shoshilinch tibbiy ilmiy markazi Xorazm filiali doktori, Xorazm viloyati Yong’in Xavfsizligi Boshqarmasi bo’lim boshlig’i, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda 480 nafar talabalari ishtirok etdilar. “Fuqaro muhofazasi kuni”ga ,bag’ishlangan maxsus taktik o’quv mashqi rejasi ishlab chiqildi. Shu rejaga asosan binodagi Favqulodda vaziyatlar sirenasining chaqirig’iga binoan xavfli hududdan xavfsiz hududga o’tish o’quv mashqi o’tkazildi. Bunga asosan binodagi barcha professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar o’z vaqtida belgilangan xavfsiz xududda to’plandilar. Shuningdek professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlardan tashkil qilingan shaxsiy tarkibiy bo’linmalari va Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda amaliy harakati namoyish qilindi.

admin | 27-04-2019 | 169