info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Talabalar teatr studiyasi

“Yoshlar-kelajak bunyodkori” shiori ostida “Talabalar teatr studiyasi ” festivali tanlovining ikkinchi bosqichi Yoshlar markazida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazildi. Festivalni o’tkazishdan maqsad, talaba va o’quvchilarda kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish orqali ularning ma’naviy dunyosini yuksaltirishdan iborat. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining “Ko’zgu”jamoasi “Umid” spektakli bilan qatnashdi. Spektaklda xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, musiqiy harakatlari o’z aksini topgan. Filial jamoasi “Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etganligi uchun” nominasiyasi g’olibligini qo’lga kiritdi. TTA Urganch filiali jamoasi “Dolzarb mavzular sahnaviy talqini uchun” nominasiyasi bilan taqdirlandilar. URDU jamoasi “Eng yaxshi spektakl” nominasiyasi g’olibligini qo’lga kiritib, hududiy bosqichga yo’llanma oldilar.

admin | 26-04-2019 | 163