info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz ” va “Yoshlar –sog’lom hayot tarzi tarafdori

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univesiteti Urganch filiali akademik litseyida o’quvchi-yoshlar bilan “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz ” va “Yoshlar –sog’lom hayot tarzi tarafdori” mavzularida targ’ibot yo’nalishida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi DXX Xorazm viloyati boshqarmasi xodimi, Xorazm viloyati prokuraturasi bo’lim prokurori, Urganch shahar bosh imom xatibi, akademik litsey direktori, direktor o’rinbosarlari, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi, bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari, guruh rahbarlari, ARM va o’quvchilar turar joyi xodimlari, o’qituvchi hamda o’quvchilar ishtirok etdilar. Tadbirda so’zga chiqqanlar o’z so’zida missionerlik –biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilish ekanligini, prozeletizm-bu to’g’ridan-to’g’ri biron bir dinga ishongan fuqaroni majburan o’z dinidan voz kechtirib, o’zga dinni qabul qilishga majbur qilish ekanligi to’g’risida gapirib o’tdilar. Yig’ilish so’ngida o’quvchilarning mazkur tadbir yuzasidan fikr va mulohazalari tinglandi.

admin | 12-04-2019 | 971