info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini sohasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik munosabatlari

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasida hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish, erishilgan natijalarni tizimdagi korxonalar o’rtasida keng targ’ib qilish,soha xodimlarining kasbiy malakasi va bilim darajalarini oshirish maqsadida “Hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini sohasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik munosabatlari ” mavzusida joriy yilning 1-2 aprel kunlari seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Vazirlikning markaziy apparatidan, Vazirlikning hududiy boshqarmalaridan, Vazirlik tizimidagi soha korxona va tashkilotlaridan, “O’zbektelekom ” AK markaziy va hududiy filiallaridan, “O’zbekiston pochtasi” AJ va uning hududiy filiallaridan, Xorazm viloyati hokimligidan, Xorazm viloyatidagi soha korxonalaridan mutasaddilar tashrif buyurdilar. Seminarning ochilishida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari vaziri Shuhrat Sodiqov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov so’zga chiqdilar.Seminar davomida hududlarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdilar, shu jumladan TATU Urganch filiali va uning qoshidagi tashkil etilgan “Texnomarkaz” faoliyati bilan, yangi qurilgan sport maydonchasi bilan tanishdilar. Shundan so’ng, Xorazm viloyatining Xiva shahrida “O’zbek telekom ” AK Xorazm filiali tomonidan tashkil etilgan IT markazga, Xorazm viloyatining Xiva shahrida tashkil etilgan Aloqa tarixi muzeyi hamda “Ichanqal’a” davlat muzey qo’riqxonasiga tashrif buyurdilar.

admin | 02-04-2019 | 264