info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar-sog’lom turmush tarzi tarafdori”

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali professor-o’qituvchilari va talaba-o’quvchilari o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 29 mart sanasida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar-sog’lom turmush tarzi tarafdori” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Xorazm viloyati boshqarmasi xodimi , O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi vakili, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xorazm viloyati vakili, O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo’limi bosh mutaxassisi, O’zbekiston Musulmonlar idorasining Xorazm viloyati vakillari ishtirok etdilar. Bugun dunyoning turli burchaklarida urush olovlari alanga olmoqda. Har xil ekstremistik kuchlarning bunday o’yinlari natijasida begunoh insonlar, onalar va go’daklar qurbon bo’layotir. Hech bir din hech qachon odam o’ldirishni, o’zini qurbon qilishni, din yo’lida oilalarni tinchini buzush, ularga kulfat va ofat keltirishni targ’ib qilmagan. Din insoniyati poklik, ezgulik, komillik va barkamollikka undagan. Allohga shukrki, bizning yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Ushbu ne’matni qadriga yetmagan ayrim ekstremistik oqimlar jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga ta’sir o’tkazishga urinmoqdalar. Bunday tadbirlardan ko’zlangan maqsad kelajagimiz bo’lgan yoshlarni ogohlikka chaqirish, har birimiz hushyor bo’lishimiz, ularni foydali mashg’ulotlarga jalb etishga e’tibor qaratishimiz kerakligi haqida ishtirokchilar tushuntirish berib o’tdilar.

admin | 30-03-2019 | 1716