info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

E’LON

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-5106-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yildan boshlab har yil oliy ta’lim muassasalari talabalarining tarix, siyosiy va huquqiy bilimini oshirish maqsadida “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovi o’tkazilib kelinadi. Shu munosabat bilan filialimizda 29-mart kuni Telekommunikatsiyon texnologiyalar va kasb ta’limi va Kompyuter injiniring fakultetlari o’rtasida bellashuv bo’lib o’tadi. Bellashuvda har bir fakultet tomonidan tashkil qilingan guruhlarda 8 nafardan ishtirokchilar 4 shart bo’yicha bellashadi. G’oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanib, viloyat bosqichi jamoasiga saralab olinadi. Respublikada 1-2-3 – o’rin sohiblari har biri Universitet tomonidan planshet, Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi qimmatbaho sovg’alari va sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Qatnashish niyatida bo’lganlar fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari Ahmedov G’ulom va Avazov Erkinjon hamda 944-18 guruh talabasi Babayazov Saidbekga murojaat qilishlari mumkin. Murojaat uchun tel.:+998919149793.

admin | 25-03-2019 | 283