info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Assalom Navro'z

Ma’lumki, yurtimiz bayramlarga boy, ammo mana shu go’zal va betakror bayramlar orasida Navro’z ayyomi o’zining ko’rki tarovati va ma’no –mazmuni bilan aj’ralib turadi. Yurtimizning har bir go’shasida Navro’z umumxalq bayrami, sumalak sayli bilan bog’liq urf-odat va an’analar xalqimiz orasida bugungi kungacha keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida ham Navro’z sayli kehg nishonlanmoqda. Navro’z oldidan hasharlar, keng ko’lamdagi obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. Bayram dasturini filialimiz direktori M.Baydj’anov ochib berib,hammani bayram bilan chin dildan tabriklab, o’qish va ishlarida ulkan zafarlar tiladi. Bayramda filialimiz talabalari tomonidan tayyorlangan turli hil milliy taomlar, sumalak, ko’k somsa, ko’k chuchvara, shunga o’xshash taomlar dasturxonlarga tortildi. Shuningdek, filial talabalari tomonidan tayyorlangan qo‘shiqlar, raqslar hamda musiqalar ijro etildi. Bayram ko‘tarinki ruhda, xursandchilik kayfiyatda juda keng nishonlandi.

admin | 19-03-2019 | 319