info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, ularning xuquqiy madaniyatini oshirish

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, ularning xuquqiy madaniyatini oshirish”mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda so’zga chiqqanlar o’z ma’ruzalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martda qabul qilingan” Xuquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining mazmun mohiyatini, shu qonun asosida olib borilayotgan profilaktik ishlar, haftaning har payshanba kuni “Xuquqbuzarlik profilaktikasi kuni” etib belgilanganligi to’g’risida gapirib o’tdilar. Voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik, ularning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarlikning oldini olish va ularni bartaraf etish haqida so’z yuritdilar.

admin | 16-03-2019 | 1086